Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
72
abadiy izlari bo’lmaganda, xalqlarning xabarlarini qanday bilar edik» 1 . Beruniyning jamiyat, uning istiqboli, kelajak sari rivojlanib borishida mehnatning, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat, inson omillarining roli va ahamiyati borasida bildirgan fikr-mulohazalari ham bebahodir. Faylasuf olim inson o’zidan boshqalarning ham baxt-saodatini o’ylashi zarurligi haqida gapirib «Mineralogiya» asarida bunday degan: «Insonning qadr-qimmati o’z vazifasini a’lo darajada bajarishdan iborat. Shuning uchun ham insonning eng asosiy vazifasi va o’rni mehnat bilan belgilanadi. Inson o’z xohishiga mehnat bilan erishadi» . Beruniy jamiyat taraqqiyotini fan taraqqiyotida ko’radi, ilm diniy va hududiy chegaralarga qaramay, inson va insoniyatga, mamlakat xalqlariga xizmat qilishi kerak, deb hisoblaydi. «Mening butun fikri-yodim, qalbim, bilimlarni targ’ib qilishga qaratilgan, chunki men bilim orttirish lazzatidan baxramand bo’ldim, buni men o’zim uchun katta baxt deb hisoblayman”, — deb yozgan edi olim. X1V-XV asrlarda O’rta Osiyoda yuzaga kelgan Uyg’onish davri soxibqiron Amir Temurning (1336-1405 yy.) hayoti va faoliyati bilan bevosita bog’liqdir. Uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo’lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish, markazlashgan davlat tuzishdagi xizmatlari O’rta Osiyo xalqlari tarixidagi dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan voqeadir. Amir Temur katta imperiya barpo etdi. U davlatni mustahkamlashda savdogarlarga, hunarmandlarga, shayxlarga tayandi, ilm-fan, adabiyot, san’at taraqqiyoti uchun qulay sharoitlar yaratdi, xorijiy mamlakatlardan olimu fuzalolarni, ilohiyotchilarni, san’at namoyondalarini Samarqandga olib keldi. Natijada me’morchilik, rassomchilik, naqqoshlik, madaniyat, ilm-fan taraqqiyoti yuksak chuqqilarga ko’tarildi 2 . Temuriylar sulolasining nomi nafaqat Sharq, musulmon olamidagina emas, balki G’arbdagi xristian dunyosida ham bir necha asrlar mobaynida yod etilib va e’zozlanib kelingan. Ana shunday buyuk zotlardan biri sohibqiron Amir 1
2 Temur tuzuklari.-T.:“G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi”,1991.-144 -bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling