80
o’zining chuqur ilmiy ifodasini topgan. Shuningdek, ularning falsafiy ta’limotlarida
manmanlik, kibru-havo, mol-dunyoga hirs qo’yish, baxillik, ochko’zlik,
tekinxo’rlik, yalqovlik qoralangan, saxovat, ijtimoiy adolat ulug’langan, saxiylik,
baxillikka qarama-qarshi qo’yilgan.
O’rta Osiyoda falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlar taraqqiyotida beqiyos
katta o’rin tutgan mutafakkirlardan biri Mirzo Abdulqodir Bedildir (1644-1721
yy.). O’z davrining atoqli faylasufi va shoiri hisoblangan Bedil O’rta Osiyo xalqlari
madaniyati va falsafasi rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk alloma sifatida
yuksak ehtiromga sazovor bo’ldi. Bedil adabiyot va falsafa sohasida o’zidan
qimmatbaho ilmiy meros qoldirdi.
Mirzo Bedil falsafiy fikri negizini ob’ektiv olam mavjudligini e’tirof etish
tashkil etadi. Uning ta’limotiga ko’ra, tabiat abadiy, undagi narsa va hodisalar
o’zaro bog’liq hamda dunyo hamisha o’zgarish, rivojlanish holatida turadi. U
o’zining «Chor unsur» («To’rt unsur») kitobida tabiat abadiy haqiqatdir, ya’ni
abadiy bordir, uning navlari, shakllari, ko’rinishi xilma-xilliga ham o’zidandir.
Bizlar — insonlar esa bu olamga kelib-ketuvchi, yo’q bo’luvchilarmiz, deydi.
“Olam, - deb ta’kidlaydi Bedil, - sifat jihatdan ham, son jihatdan ham bir
lahza bo’lsada bir holatda turmaydi. Bedil abadiy mavjud bo’lgan materiyani
shakl bilan birgalikda olib qaraydi. Buni uning shakllarisiz materiya mazmuni
ko’rinmaydi, materiya pardani ochmasa, shakllar ifodalanmaydi, materiya shakllar
jihatida yashirindir, shakllar materiyada imkoniyat holatidadir”, degan so’zlardan
bilib olishimiz mumkin.
Bedilning tushuntirishicha, jism — narsalar tarkibida (mavjudot birligi)
degan ta’limotda chuqur ifodalangan. Unda aytilishicha, modda bilan ruh, tan bilan
jon bir-biriga bog’liq.
Jismlar olamini ruhlarsiz tushunish ham to’g’ri emas. Tan quvvati tan
salomatligidadir. Agar tan quvvatiga zarar yetsa, ruhning quvvati ham zarar
ko’radi.
Bedil inson o’z vaqtida ovqatlanib turmasa quvvatdan ketadi, mehnat
Do'stlaringiz bilan baham: |