Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
75
zamon» tahallusiga sazovor bo’lgan Saloxidddin Muso Qozizoda Rumiy, taniqli matematik va astronom G’iyosiddin Jamshid ibn Mas’ud, uning o’g’li Mansur Koshiy, o’z davrining «Ptolomeyi» deb nom olgan Ali Qushchi, Miram Chalabiy singari yirik olimlar ham Ulug’bekning ilmiy rahbarligi ostida samarali ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ulug’bek fan va madaniyatda, ayniqsa, matematika va astronomiya ilmida mavjud bo’lgan imkoniyatlarni, ilmning hamma sohalari bo’yicha o’ta qobiliyatli va iste’dodli olimlarning borligini e’tiborga olib yangi maktab — ilmi tafakkur markazini yaratishga qaror qildi. Ana shu maqsadda, aytib o’tilganidek, ko’plab madrasalar qurildi. Qurilgan madrasalar ichida eng muhtashami va mashhuri - Samarkand madrasasidir. 1420 yilda Madrasa ochilgan kuni birinchi bo’lib ma’ruzani Mavlono Shamsiddin Muhammad Havofiy mudarris sifatida o’qigan. Muhammad Havofiyning olimlardan 90 kishi ishtirokida o’qigan ma’ruzasini o’ta chuqur ma’noli, juda murakkab, ilm-fanning barcha sohalarini qamrab olganligi hamda muammoli tarzda bo’lganligi sababli uning nozik qirralarini Ulug’bek bilan Qozizoda Rumiydan boshqa hech kim tushunmagan. Zamonasining dorilfununi hisoblangan Samarkand madrasasi hamda boshqa madrasalarda Kur’on, hadis, tafsir, fiqx (din va shariat qonun-qoidalari) bilan bir qatorda riyozat, handasa (geometriya), ilmi xay’at (astronomiya), tibbiyot, tarix, geografiya, ilmi aruz (poetika), arab tili va uning morfologiyasi kabi dunyoviy ilmlar ham o’qitilgan. Madrasa o’z davrining yirik ilmiy markaziga aylangan. Ulug’bek yirik olimlar va ko’pchilik shogirdlari bilan birga muntazam ilmiy ishlar olib borgan. Ulug’bek 1424-1428 yillarda Samarqand yaqinidagi Obirahmat anhori yonida rasadxona qurdirdi. Olimlarning e’tiroflaricha, Samarqandda barpo etilgan Ulug’bek rasadxonasiga o’zining jihozi, ilmiy yutuqlari bilan tenglasha oladigan rasadxona na undan oldin, na undan keyin ham yaratilgan emas. U aholi o’rtasida «Naqshi jahon» degan nom bilan shuhrat qozongan. Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018 qo’zg’almas yulduzlarning o’rni va holati |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling