Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

67
 
bir sanab ko’rsatadi. 
Forobiyning «Fozil odamlar shahri» kitobidan keltirilgan yuqoridagi dono 
fikrlar hozirgi mustaqillik sharoitida yashab faoliyat ko’rsatayotgan shahar, 
tuman, viloyat rahbarlariga, olimlariga, ziyolilariga, kattayu-kichik barcha 
kishiga bevosita taaluqlidir. Forobiyning ilmiy-falsafiy ta’limoti insoniyatning 
mislsiz ma’naviy boyligi va madaniy-ma’naviy kamoloti yo’lidagi dasturi - 
amalidir. 
Insoniyat Abu Ali ibn Sinoni (980-1037 yy.) jahon fani va madaniyatining 
yirik arboblaridan biri sifatida biladi va e’zozlaydi. 
Buyuk alloma bor-yo’g’i ellik yetti yil umr ko’rdi, bu umrdan o’n sakkiz 
yili ilm tahsiliga sarf bo’ldi. Umrning ko’p vaqti zindonda, talon-taroj bo’lish va 
o’lim xavfi ostida o’tdi. Ammo shu yillar davomida benihoya ko’p ilmiy ishlar 
yozdi. Ibn Sinoning to’rt yuzdan ortiq asarlari ilm-fanning barcha sohalariga 
talluqlidir. Shundan 242 tasi bizga yetib kelgan. Alloma asarlaridan 80 tasi falsafa, 
ilohiyot, tasavvufga, 43 tasi tabobat, 19 tasi mantiq, 26 tasi esa ruhshunoslikka 
bag’ishlangan. 
Ibn Sino o’z asarlari bilan O’rta Osiyo xalqlari madaniyatini dunyo 
madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqdi. Shuning uchun ham uni «Shayxur-
rais» — «Olim boshlig’i» deb atalishi bejiz emas. Olimning asosiy falsafiy asarlari 
«Kitob at shifo» («Davolash kitobi»), «Donishnoma», «Najot», «Kitob ul insof» 
(«Adolat kitobi), «Kitob al-qonun fit tib», («Tib qonunlari» kitobi)dan iborat.
Ibn Sinoning «Donishnoma» nomli falsafiy kitobi besh xil ilmni — mantiq, 
tibbiyot, ilmi hay’at (astronomiya), musiqa, ilohiyotni o’z ichiga oladi. Ibn Sino 
o’tmishdoshlari va zamondoshlari singari xudoni e’tirof etadi, uni borliqning 
birinchi sababi va manbai deb tushunadi. 
Ibn Sinoning aytishicha, falsafa borliq haqidagi fandir. Borliq esa abadiydir, 
u shaklini o’zgartirish, ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga o’tishi mumkin, lekin 
uning o’zi, materiya yo’qolmaydi. Materiya doimo vujudga kelishi mumkin 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling