59
asarlardan foydalana olganliklaridir.
Donishmand bobolarimizning ilmiy-falsafiy ta’limotlari umumbashariy
ahamiyatga ega bo’lgan ta’limotlardir. Shu narsa e’tiborga sazovorki, Sharq
mutafakkirlari o’z davri dolzarb hayotining markazida bo’ldilar, xalq va Vatan
manfaatini himoya qildilar. Bu ularning haqiqiy barkamol inson, otashin
vatanparvar, xalqparvar va buyuk alloma ekanliklarining belgisi va bosh
sababidir. Ushbu buyuk zotlar, qomusiy aql egalari yashagan va ijod qilgan
davrlardan boshlab Sharq, xususan O’rta Osiyoda, ilm-fan va madaniyat, falsafa
yanada rivojlana boshladi. Bu rivojlanish, to’xtovsiz takomillashib borishi bir
necha yuz yillarni o’z ichiga qamrab oldi.
O’rta Osiyoning jahonga mashhur olimlaridan biri Muhammad ibn Muso al-
Xorazmiy bo’lib, u taxminan 783 yilda Xorazmda tug’ilgan va IX asrning ikkinchi
yarmida, aniqrog’i 850 yilda Bog’dodda vafot etgan. Xorazmiy ilmiy-ijodiy
faoliyatining alohida davri arab halifaligining poytaxti Bog’dod shahri bilan
uzviy bog’liqdir. Xorazmiy halifa Ma’mun rahnamoligida islom Sharqining
Fanlar akademiyasi — «Baytul-hikma» («Donishmandlar uyi»)da ishladi. Bu ilm
dargohida u ko’plab astronomik ko’zatishlar olib bordi, matematik va
astronomlarning katta bir ilmiy jamoasiga ustozlik qildi hamda o’zining ko’pgina
shoh asarlarini yozdi. Xorazmiyning Bag’dodda yashab ijod etgan zamondoshlari
orasida Ahmad Farg’oniy, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy kabi allomalar, O’rta
Osiyolik olimlar O’rta asr ilm-fan rivoji va ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotiga
katta hissa qo’shgan edilar. «Baytul - hikma»da xizmat qilgan ushbu yirik olimlar
qadimda hisoblab chiqilgan yer aylanasi uzunligini tekshirish maqsadida yer
meridiani bir gradusining uzunligini o’lchashgan. Barcha tadqiqotlarni o’tkazishda
Xorazmiy bevosita ishtirok etgan.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ko’p qirrali ilmiy qiziqishlari
matematika, nazariy va amaliy astronomiya, geografiya, tarix va boshqa ko’plab
fanlarga oiddir. Uning nomini tarixda abadiy qoldirgan asarlaridan biri - «Al-jabr
val-muqobala»dir. Bu esa, G’arb va Sharq olimlariga algebra fani bo’yicha dasturi
Do'stlaringiz bilan baham: |