Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
56
Zardushtiylik dini va uning “Avesto” kitobida dunyoning moddiy asosi deb hisoblangan yer, tuproq, havo, muqaddaslashtiriladi. yer va havo shunday e’zozlanganki, havoni bo’g’ish, ifloslashtirish, hayvonlar o’ligi u yoqda tursin, odamlar jasadini ham yerga ko’mish, suvni oqizish, olovda yoqish gunohi azim hisoblangan. Marxumlar yerni, suvni, havoni zaharlab qo’ymasliklari uchun ularning jasadlarini maxsus sopol idishlarda ko’mish rasm bo’lgan. Zardushtiylik diniga amal qilgan O’rta Osiyodagi qabilalar suvga va olovga sajda qilganlar, quyoshni ilohiy mavjudot darajasiga ko’targanlar. Xorazmda, Samarqandda olib borilgan arxeologik qazilmalar guvohlik berishicha O’rta Osiyo xalqlari Quyosh xudosi hisoblangan Mitraga, yer, suv, unumdorlik xudosi Anaxitaga sig’inganlar. “Avesto”da dexqonchilik bilan shug’ullanish o’n ming marotaba ibodat qilish va yuzlab jonivorlarni qurbonlikka keltirishdan afzal hisoblangan. Unda aytilishicha, ekin ekish - yerdagi yovuzliklarga barham berish demakdir. G’alla yerdan unib chiqqanda, - deyiladi “Avesto”da, - devlar larzaga keladi, g’alla o’rib olinayotganda devlar nola-faryod qiladi, g’alla yanchib un qilinayotganda, ular qocha boshlaydi, hamir qilinayotganda esa devlar mahv bo’ladi. G’allaning mo’l- ko’l bo’lishi, go’yo devlarning labiga qizitilgan temir bosganday ularni tumtaraqay qiladi. Islomgacha O’rta Osiyoda buddizmning, hatto nasroniylik dinining ma’lum darajada tarqalganiga qaramay, diniy e’tiqod bobida zardushtiylik dini asosiy o’rin tutgan. Jahon dinlari keyingi 2-2,5 ming yil ichida qanchalik takomillashgan, ularning marosimlari, urf-odatlari nechog’li xilma-xillashgan, boyigan bo’lmasin, ular barchasi zardushtiylik dinining vorislari hisoblanadi. Avval qayd etganimizdek, “Avesto” va boshqa yozma yodgorliklar qadimgi O’rta Osiyo xalqlarining tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati, tili, qadriyatlari, falsafiy, axloqiy, diniy qarashlarini o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Yozma yodgorliklar faqat o’tmishni tushunish uchungina emas, balki bizning bugungi kunimizning ma’naviy masalalarini hal etish, milliy istiqlol |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling