Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
52
kengayishi va chuqurlasha borishiga xizmat qilgan. Avlodu ajdodlarimizning hayoti, urf-odatlari va an’analari, madaniyati, tili va tarixini badiiy-falsafiy jihatdan o’ziga xos tarzda aks ettiradigan og’zaki ijodiyoti nihoyatda boy va rang-barangdir. Miflar, afsonalar, qahramonlar to’g’risidagi dostonlar, to’y-sayillar, xalq, yig’inlari, bayramlar, safarlarda aytilgan qo’shiq va laparlar, lirik she’rlar, maqol va matallar, masal va topishmoqlar xalq og’zaki ijodiyoti madaniyatining uzoq tarixga ega bo’lgan sohalaridir. Ularning ijodkori - barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratgan xalq ommasidir. O’rta Osiyo xalqlari og’zaki ijodiyotining eng qadimgi tur va janrlaridan biri — asotir-mifdir. Yaxshilik bilan yomonlik, nur bilan zulmat, baxt bilan baxtsizlik o’rtasidagi kurash va bu kurashda ezgulikning yovuzlik ustidan g’alaba qozonishi haqidagi g’oyalar O’rta Osiyoda vujudga kelgan miflar uchun ham xosdir. Qayd etilishicha, yaxshilik olamiga Axuramazda yomonlik olamiga esa Axriman boshchilik qiladi. Ezgulik miflarida Mitra kishilarga nur, issiqlik, baxt- saodat baxsh etadigan, dushmanlarga dahshat soladigan, kishilarni ofatdan qutqaradigan Quyosh xudosi sifatida, Anaxita esa yer, suv va unum ma’budasi, qaxramonlarga kuch-quvvat va muvaffaqiyat baxsh etuvchi tarzda tasvirlanadi. Sharq xalqlaridagi yovuzlik, zulmat kuchlari miflarda ko’pincha dev, ajdar, jinlar qiyofasida tasvirlanadi. Bular ofat va zulmat, qabohat va razolat, o’lim va kulfat, baxtsizlik, xonavayronagarchilik, ochlik-qahatchilik timsolidir. O’rta Osiyoda bir necha asrlar osha yuzaga kelgan mif va afsonalar insoniyat ma’naviy madaniyati taraqqiyotiga, xususan, qaxramonlik haqidagi dostonlar paydo bo’lishiga zamin bo’lib xizmat qiladi. “To’maris”, “Shiroq”, “Zariadr va Odatida”, “Zarina va Striangiya”, “Uch og’a-ini botirlar”, “Manas”, “Qaxramon”, “Malikai Husnobod” kabi qissalar, “Alpomish”, “Qirqqiz”, “Go’ro’g’li”, “Avazxon”, “Chambil qamali”, “Oysuluv” singari dostonlarda ham milliy, ham umuminsoniy ahamiyatga ega bo’lgan falsafiy g’oyalar ilgari surilgan. Qahramonlik haqidagi dostonlar, ertaklar, rivoyat va afsonalarning falsafiy mohiyatini belgilaydigan, ularning asosiy negizini tashkil etadigan umumiy g’oya |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling