Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

50
 
Daosizmda dunyoda qarama-qarshiliklarning bir-biriga bog’liqligi amal 
qiladi, tabiat hodisalari o’z-o’ziga zid holatda, aylanib rivojlanadi, degan fikr 
yuritiladi. Ta’kidlanishicha, go’zallik va xunuklik, balandlik va pastlik, yaxshilik va 
yomonlik, borliq va yo’qlik, uzun bilan qisqalik bir-birini tug’diradi, birin-ketin 
keladi, bir-biriga bog’liq bo’ladi, tabiatdagi barcha mavjudot, barcha hodisalar 
qarama-qarshiliklarni o’z ichiga oladi. 
Daosizm vakillari bilishda hissiy va mantiqiy jihatlarning mavjudligi 
masalasini o’rtaga qo’yib, bilishda hissiyot va amaliyotning ahamiyatini kamsitib, 
aqlni bo’rttirib yuborganlar. 
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda vujudga kelgan konfutsiychilik qadimgi 
Xitoyda keng tarqalgan falsafiy ta’limotlardan bo’lib hisoblanadi. Uning asoschisi 
Xitoy mutaffakiri Konfutsiy miloddan oldingi 551-479-yillarda yashagan. 
Konfutsiy ta’limotiga ko’ra, odamlarning hammasi tug’ma xususiyatlarga ko’ra, 
bir-birlariga yaqindir. Tug’ilgandan keyin hosil qilgan xususiyatlarga ko’ra, ular 
bir-biridan farq qiladilar. 
Konfutsiy, agar podsho osmon va dengiz kabi ulug’vor bo’lsa, xalq uni 
hurmatlaydi, uning aytganlariga quloq soladi va uning ishlariga xayrixohlik qiladi, 
deb podshohni ilohiylashtiradi. U to’g’ridan-to’g’ri, imperator — Osmon o’g’li, 
uning yerdagi ko’rinishi — osmonning jonli timsolidir. yer sharidagi quruqlikning 
markazi Osmon o’g’lidir. Har qaysi xalq o’z chegarasida bir knyazga itoat qiladi. 
Osmon o’g’li amrni osmondan oladi, tobe knyazlar esa, buyruqni Osmon 
o’g’lidan oladilar, deydi. 
Konfutsiyning ta’limoticha, har bir kishi o’z zimmasidagi vazifani halol ado 
etmog’i lozim. Hukmdor davlatni boshqaradi, hunarmand o’z hunari bilan band 
bo’ladi, ota o’zining otalik burchini ado etadi. Agar hayotning mana shunday 
oddiy qonunlari buzilsa, davlat ich-ichidan irib-chirib ketadi. Tartib-intizom
o’zaro hurmat yo’qoladi. Mamlakatda urush janjal, fitna avj oladi. Misli 
ko’rilmagan yong’in ham kichik uchqundan chiqadi. 
Aytib o’tilganlarning hammasi Bobil, Misr, Hindiston, Xitoy singari 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling