Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
“Olamda bilimdan kuchli narsa yo’qdir. Bilim har
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
“Olamda bilimdan kuchli narsa yo’qdir. Bilim har
qanday huzur-halovatdan ham, boshqa narsalardan ham zo’rroqdir”. Aflotun 43 Gilgemesh haqidagi Bobil afsonasida qadimgi kishilarning’ baxtli hayot va farovonlik, salomatlik va bardamlik, o’limni yengib, mangu hayot kechirishga intilishi, abadiy umr ato qiluvchi «obihayot», o’simlik va turli xil meva va ma’danlarni izlab topishi haqidagi orzu-niyatlari o’z ifodasini topgan. “Adapa haqidagi doston”da esa, insoniyatning abadiy hayot to’g’risidagi fikrlari, abadiy yashashga bo’lgan intilishlari o’z ifodasini topgan. Unda «o’lgan va qayta tirilgan» xudolarga, jumladan, Bobil xudosi Marduqqa nisbat berilgan. Inson o’zini qurshab olgan tabiiy muhit bilan o’zaro aloqador. U shu muhit, koinot haqida o’ylaydi, fikr yuritadi, yer yuzidagi hodisa va jarayonlarni koinot bilan bog’lashga intiladi, samoviy “sir-asrorlar” haqida xayol suradi, faraz qiladi, har xil ertaklar, rivoyatlar, afsonalar to’qiydi. Bobilliklarning Etapa haqidagi afsonalari ana shu zaminda paydo bo’lgan. Etapa haqidagi afsona ham yuqorida aytib o’tilgan dostonlarda bo’lgani kabi odamlarning Quyosh bilan Oy va sayyoralar bilan qiziqqanligi, samoviy hodisalarning sir-asror sabablarini bilishga qiziqishlarini, Bobil xalqining tabiiy hodisalar mohiyatini, yilning fasllarga bo’linib, o’zgarib turishini, yil davomida tabiatda bo’ladigan o’zgarishlar boisi nimadan iborat ekanligini tushunib olishga bo’lgan intilishlarini, shuningdek, ularning din va axloqqa doir falsafiy qarashlarini ilgari surgan asardir. Qadimgi bobilliklarning yaxshilik bilan yomonlik, ezgulik bilan yovuzlik, boylik bilan qashshoqlik, hurlik bilan xo’rlikning bir-biriga tubdan zid, qarama- qarshi va murosasizligi haqidagi falsafiy g’oyalar “Jafokash avliy haqida doston” va “Xo’jayinning qul bilan suhbati” degan asarlarda o’z aksini topgan. Ishlab chiqarishning rivojlanishi o’rtaga qo’ygan talablar va inson amaliy faoliyati ehtiyojlari asosida Bobilda tabiat hodisalari mazmunini tushunib olish va ulardan turmushda foydalanish zaruriyati tobora kuchayib borgan. Mahsulot va mollarning miqdorini, og’irligini o’lchash, ishchi kuchlari sonini aniqlash, binolar hajmini belgilash, dalalarning yer sathini hisoblab chiqish zaruriyati eng qadimgi matematik hisoblarning paydo bo’lishiga va bu sohada tegishli bilimlar to’planishi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling