Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
29
Rang-barang, ba’zan bir-biriga mutlaqo zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalar o’rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib qonli to’qnashuvlar, ommaviy qirg’inlarga sabab bo’lmoqda, odamlar boshiga behisob qayg’u-kulfatlar solmoqda 1 . Ana shunday vaziyatda aholini, birinchi navbatda yosh avlodni kamol toptirish, ularning dunyoqarashini rivojlantirish, qalbida milliy g’oya, milliy mafkura, o’z Vataniga mehr-sadoqat tuyg’usini uyg’otish, o’zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash katta ahamiyat kasb etadi. “ Bizni ,- deydi Sh.M. Mirziyoyev , - hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin ” 2 . Shunday ekan, biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosini, zamonaviy dunyoqarashi, ma’naviy kamoloti uchun doimo qayg’urishimiz, kurashmog’imiz zarur. Inson o’z amaliy faoliyati va ilmiy bilish jarayonida falsafa fanining rang- barangligini, barcha tomon va xususiyatlarini hisobga olishi, ularni aniqlashi va anglashi lozim. Tabiat va ijtimoiy fanlarning eng keyingi yutuqlari mavjud, olamdagi o’zaro aloqalar, ular asosida yotuvchi qonunlar va juda murakkab va ko’p qirrali ekanligi, shuningdek, bu jarayonlar to’g’risidagi bilimlarimiz nisbiy o’zgaruvchan ekanligidan dalolat bermoqda. Moddiy olamdagi bu umumiy aloqa va qonuniyatlarning murakkab shakllari falsafaning qoidalarida mumkin qadar to’la va chuqurroq aks etishini hisobga olish lozim. Bu ilmiy bilishning yagona, to’g’ri va zaruriy shartidir. 1
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-Jild.- T.:“O’zbekiston”,1999.-85-bet. 2 Mirziyoyev Sh.M. Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusida anjumandagi nutqi// “Xalq so’zi”, 2017 15 iyun. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling