Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
25
muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi» 1 . Asrlar davomida din odamlarni eng ulug’ maqsadlar yo’lida birlashtirishga, hamjihat bo’lishga undagan. U har doim kishilarni o’z-o’zini idora etishga, yaxshi xislatlarini ko’paytirib, yomonlaridan xalos bo’lishga chorlagan, har bir alohida insonga, oila, jamoa, mintaqa, umumxalqqa rahnamo bo’lgan, uni og’ir-og’ir sinovlarga bardosh berishga, yorug’ kunlarga intilib yashashga da’vat qilgan, ishontirgan. “Demak, din xalq ma’naviyatining, ma’rifatining yuksalishiga katta hissa qo’shib kelgan ekan, bugungi davlatchiligimiz haqida so’z yuritganda, rejalar tuzganda dinni, eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatida e’tiborda tushunishimiz lozim” 2 . Islom madaniyati jahon madaniyatining ajralmas bir tarkibiy qismidir. Uni o’rganishga va oqilona, tanqidiy, ilmiy, ijodiy foydalanishga arziydigan juda ko’p ijobiy tomonlari bor. O’zbekiston Konstitutsiyasining 31-moddasida belgilanganidek, respublikamizda “hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi” 3 . Din iymon, e’tiqod erkinligini unutmagan holda, diniy qadriyatlarni hurmat qilgan holda, fuqarolarni, ayniqsa yosh avlodni zamonaviy, dunyoviy fanlar asosida tarbiyalash mutlaqo zamon talabi ekanligini unutmaslik kerak. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, - “Inson ma’naviy olami, xalqlar madaniyatini belgilaydigan manbalarni asrab-avaylash va boyitish bugungi kunda 1
20 sentyabr. 2 Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. - T.:“O’zbekiston”, 1995. -55-bet. 3 O’zbekiston Respubikasi Konstitutsiyasi.-T.:“O’zbekiston”, 2018. -13-bet |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling