Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

21
 
mazmun kasb etishi mumkin, ana shunday hollarda ular “xudoga muhabbat”, 
“gunohkorlik, itoatkorlik”, “bandalik tuyg’usi”, “xudo bilan muloqotda bo’lish 
quvonchi”, “narigi dunyodagi ajrga umid” va hokazolar kechinmalariga aylanadi. 
Hissiyot tushunchasini ilohiyotchilar inson ongining oliy darajadagi ko’rinishi, oliy 
axloqiy qadriyat, bilishning ishonchli shakli deb uqtiradi. 
Diniy dunyoqarashning asosiy yo’nalishlarini ifodalovchi diniy aqidalar 
dindorlar uchun majburiy hisoblangan, muhokama yuritmasdan ishonish lozim 
bo’lgan diniy e’tiqod talablarida o’z aksini topgan. Islom dinining aqidalariga 
muvofiq, sunniylikda shakllangan va diniy an’analarda e’tirof etiladigan aqidalar yoki 
imon talablari ettita: Ollohning yagonaligiga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, 
payg’ambarlarga, oxiratga, taqdirning ilohiyligiga va inson o’lgandan keyin qayta 
tirilishiga ishonish. Shia yo’nalishidagi musulmonlar 5 ta aqidaga: yakka xudo, 
payg’ambarlik, taqdir, oxirat va imomatga ishonadilar. 
Har bir dinning, shu jumladan xristian dinining ham o’ziga xos aqidalari 
mavjuddir. Aqida qaysi dinda, qanday ko’rinishda bo’lmasin, olam hodisalarini mutlaq 
ilohiy kuch irodasi va ixtiyori bilan bog’lab ko’rsatadi. 
Diniy dunyoqarashning yana bir tarkibiy qismini diniy sig’inish tashkil 
etadi. Sig’inish bu odamlarning kundalik hayotda ular ustidan hukmronlik qiluvchi 
diniy obrazlar shaklidagi ilohiy kuchlarga toat-ibodat qilishidir. Sig’inish kishilar 
tomonidan yakka jamoa bo’lib bajariladigan ramziy xatti-harakatlarda namoyon 
bo’ladi. Qurbonlik qilish, xudoyi qilish, Qur’on o’qitish, diniy bayramlarni 
nishonlash kabilar islom dinida keng tarqalgan marosimlardir. Sig’inish tufayli 
kishilarning diniy ehtiyojlari qondiriladi. 
Diniy e’tiqod diniy ongning umumiy belgisi, mezoni bo’lib, u diniy g’oyalar, 
tasavvurlar, tushunchalar, afsonalarni haqiqiy deb hisoblash hamda ilohiy kuchning 
mavjudligiga ishonishni o’z ichiga oladi. 
Diniy dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishida diniy dasturlarning ishlab 
chiqilishi, shuningdek turlicha diniy bayramlar, marosimlarning o’tkazilishi katta 
ahamiyat kasb etadi. Din o’zining tantanali bayramlari, har turli marosimlari bilan 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling