Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

22
 
kishilar ko’nglida kayfiyat, xursandchilik, xushfe’llik, rahmshafqat, sabr-toqat, 
qanoatlilik, hamkorlik, vijdon, burch, poklik, odamiylik va shu kabi insoniy 
fazilatlarni shakllantiradi, ma’naviy kamol toptiradi. 
Diniy dunyoqarashning tarkibiy qismida “Muqaddas joylar”ni ziyorat qilish 
katta o’rin tutadi. Masalan, islom dinida Makka, Madinaga borib u yerdagi 
“Muqaddas joylar”ni ziyorat qilib, turli diniy urf-odat va marosimlarni bajarish 
hamda qurbonlik qilish, barcha musulmonlarga farzdir. Shuningdek, islom dinida 
payg’ambarlar va ularning sahobalari, diniy ulamolar, so’fiylik, shayxlar kabi 
muqaddas zotlarni, ularning mozorlari, qadamjolarini ziyorat qilish ham keng 
tarqalgan. O’rta Osiyo hududida bunday joylar ko’p. Samarqanddagi Shohizinda
Go’ri Amir, Ismoil Buxoriy, Buxorodagi Qiz bibi, Xoja Bahouddin, Toshkent 
viloyatidagi Zangi ota, Turkistondagi Ahmad Yassaviy, Sayramdagi (Shimkent 
viloyati) Ibrohim ota, Qorasoch bibi maqbaralari shular jumlasidandir. 
Bunday muqaddas joylar, qadamjolar, maqbaralar xristian, buddizm va boshqa 
dinlarda ham mavjud. Ular hanuzgacha kishilar ongiga o’z ta’sirini ko’rsatib, diniy 
dunyoqarashning, diniy e’tiqodning taraqqiy etishiga sabab bo’lib kelmoqda. 
Diniy dunyoqarashning yana bir afzallik tomoni shundaki, unda har bir inson 
tomonidan amal qilinishi lozim bo’lgan axloqiy me’yor va ko’rsatmalar ishlab 
chiqilgan. Ularning aksariyati hanuzgacha o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q, chunki 
islom va shariat talablari mavjud shaxsiy hayotdagi va umuminsoniy eng zarur va go’zal 
fazilatlarni o’zida aks ettirgan. 
Diniy dunyoqarashning xalq ongiga singib, uning qalbida chuqur ildiz otib 
ketishining boisi shundan iboratki, ular oddiy kishilarning ruhiyatiga moslashtirilib, 
ularning hissiyoti, tafakkuriga katta ta’sir etadigan va ko’p vaqtgacha esda saqlanib 
qoladigan yorqin obrazlar, afsona va rivoyatlar shaklida izhor qilinishidadir. Islom 
ta’limotidagi har bir afsona va rivoyatlarda katta hikmat, falsafiy fikr, ma’no 
mavjuddir. 
Shuning uchun ham ular barhayot bo’lib, avloddan-avlodga o’tib ketavergan 
va bizning davrimizgacha yetib kelgan. Bunday katta ma’naviy boylikka biz 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling