Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

19
 
ma’lumotlar mujassamlashtirilgan. Ularga shubha bilan qaramasdan mutlaq haqiqat 
sifatida qabul qilish uqtirilgan. 
Mifologik dunyoqarashning yana bir xususiyati shundan iboratki, undagi voqealar, turli
hodisalar, afsonaviy xudolar, qaxramonlar obrazlari jozibali va jonli turda kishilarning hissiy 
a’zolari va tasavvurlariga qattiq ta’sir ko’rsatadigan shaklda berilgan. Yunon mifalogiyasidagi 
xudolarning xudosi Zevs, barcha dengiz, daryolarning xudosi Poseydon, uning o’g’li Antey, 
hosildorlik va dehqonchilik xudosi Demetra, muhabbat va go’zallik xudosi Afrodita, 
donishmandlik, ilm-fan, san’atning xudosi Minerva va boshqalarning obrazlari shular 
jumlasidandir. 
Afsonalarda kishilarning voqelikka bo’lgan qarashlaridan tashqari ularning turli xatti-
harakatlari, raqsi, urf-odat, an’analari ham tasvirlangan. Ma’lumki, urf-odat, udumlar, afsonalar 
bilan bir qatorda kishilik jamiyatining ma’naviy qadriyatlari tarkibiy qismini tashkil etadi. 
Dastlabki vaqtlarda afsonalar diniy an’analar, udumlar bilan uzviy bog’liq bo’lib diniy 
dunyoqarashni rivojlantirishga asos solgan. Keyinchalik mifologik dunyoqarashlarda
kishilarning falsafiy, siyosi, huquqiy, badiiy va boshqa qarashlar kurtaklari ildiz otadi va 
rivojlanadi. Bu esa mifologik, diniy, falsafiy, siyosiy, badiiy qarashlarning o’zaro tutashib 
ketganligidan dalolat beradi. Ayniqsa, badiiy obrazlarda mifologik qarashlar ko’proq o’z aksini 
topgan. Shuning uchun ham og’zaki ijodning mahsuli bo’lgan o’rta asr xalqlarining “Alpomish”, 
“Manas”, “Go’ro’g’li” kabi eposlarda badiiy obrazlar afsonaviy obrazlar bilan tutashib ketgan. 
Mifologik dunyoqarashning ko’rinishlari hozirgi davrda ham turli badiiy asarlarda uchrab turadi.
Afsonalar bu xalqlarning dastlabki ma’naviy madaniyatining shakli bo’lib, ularda
dastlabki bilimlarning kurtaklari, falsafiy, diniy, siyosiy, badiiy qarashlar o’z aksini topgan. 
Afsonalar ijtimoiy ongning yaxlit va umumiy shakli sifatida namoyon bo’lgan. Unda xalqlarning 
o’z davriga mos keladigan dunyoni his qilishi, bilishi, qarashlari mujassamlangan. Miflarda 
barcha xalqlarning madaniy boyligi, tafakkuri, donoligi, hayotiy tajribalari o’z aksini topgan. 
Mifologik dunyoqarashda diniy dunyoqarashning ham ko’rinishlari mavjud. Buni 
shundan ko’rishimiz mumkinki, mifologiya ham, diniy ta’limotlar ham, dunyoning yaratilishini 
afsonaviy xudolar bilan bog’lab ko’rsatadi, lekin ularning o’rtasida farq ham mavjud. 
Mifologiyada narsa va uning obrazi, moddiylik va ma’naviylik bir-biridan ajralmagan yaxlit 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling