26
har qachongidan ham muhidir.
Azaliy qadriyatlarimiz va axloqiy fazilatlarni o’zida mujassam etgan
muqaddas dinimizni asrash va qadrlash har birimizning sharafli burchimizdir. Islom
– haqiqatni anglash demakdir, u odamzotni ezgu amallarni bajarishga undaydi, har
birimizni yaxshilik va tinchlikka chorlaydi, haqiqiy inson bo’lishni o’rgatadi”
1
.
1.5. Falsafiy dunyoqarash
Diniy dunyoqarash falsafiy dunyoqarash bilan chambarchas bog’liqdir.
Chunki, tabiat, jamiyat, dunyoni bilish, insoniyat istiqboli kabi masalalar dinning
ham, falsafaning ham diqqat markazida turgan muammolar bo’lib hisoblanadi.
Lekin bularning o’rtasida farq ham mavjud. Agar diniy dunyoqarash o’zining
asosiy e’tiborini inson e’tiqodiga, insoniy tashvishlarga, inson va uning umidlariga
qaratsa, falsafiy dunyoqarash esa dunyoni aql va bilim asosida tushuntiruvchi
ma’naviy tomonlariga ko’proq e’tibor beradi. Bundan, falsafiy dunyoqarash mavhum
qoidalardan iborat degan xulosa kelib chiqmaydi, albatta. Falsafiy dunyoqarash
hayotiy muammolar bilan bevosita bog’liq bo’lgan, fan va texnika yutuqlariga
asoslangan bilimlar turkumidan iborat. Bunday dunyoqarash o’zining mazmuni,
mohiyatiga ko’ra aslida ilmiy-falsafiy dunyoqarashdir.
Mifologik va diniy dunyoqarashlardan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash
tabiiy qonuniyatlarni ilmiy asosda tushuntirib beradi. Falsafiy dunyoqarashga
muvofiq butun organik va noorganik dunyo doimo o’sish, o’zgarish va
rivojlanishdadir. Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar mavjud olamdagi hamma narsa
va hodisalar, jarayonlar o’zidan boshqa narsalar bilan ichki, zaruriy, muhim va asosiy
aloqadorlikda, ta’sir va aks ta’sirida ekanligini chuqur anglab oladilar.
Falsafiy fikrlash mavjud dunyoning narsa va hodisalarini faqat o’zaro aloqada va
bir-birini taqozo qilishdagina emas, balki doimo harakatda, o’zgarishda va
1
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga
ko’taramiz. 1-Jild. - T.: “O’zbekiston”, 2017.-29-30-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |