28
bo’lmoqda. Bu o’z navbatida, olam haqida rang-barang manzaralarni yaratishga olib
kelmoqda. Dunyoni ilmiy-bilish va ilmiy boshqarishda falsafa fanining roli tobora oshib
bormoqda.
Hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi natijasida fan mavjud olamning eng
murakkab sohalariga tobora chuqur kirib bormoqda. Shuning uchun ham xususiy
fan vakillari oldida falsafiy dunyoqarashni ijodiy egallash vazifasi ko’ndalang bo’lib
turibdi.
Falsafiy dunyoqarashni mukammal egallab olish ijtimoiy fanlar uchun ham
muhim ahamiyatga ega. Tabiat taraqqiyot qonunlari inson ongida to’g’ri aks etishi
favqulodda murakkab va qiyin jarayon bo’lib, ijtimoiy hodisalarning unda aks etishi
esa undan ham qiyindir.
Ijtimoiy hayotdagi murakkab hodisalarni chalkashtirib yubormaslik uchun
ijtimoiy fan vakillari falsafiy dunyoqarash bilan qurollanishlari lozim. Har bir olim
o’z sohasidagi to’g’ri yo’ldan bormog’i, ilmiy tadqiqotning o’ziga xos yo’li va
metodlarini belgilamog’i uchun uning o’z falsafiy dunyoqarashi bo’lishi kerak. Chunki
falsafa taraqqiyotining eng umumiy qonunlari haqidagi fan bo’libgina qolmasdan, balki
tafakkur taraqqiyoti haqidagi, insonni qurshab turgan bu dunyoni bilish qonunlari
haqidagi fan hamdir.
Falsafiy dunyoqarash faqat nazariy bilish jihatidangina emas, balki amaliy
jihatdan ham katta ahamiyatga egadir. Dunyoqarash amaliyot uchun qo’llanmadir.
Falsafiy dunyoqarash tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini tushunish uchun yordam
beradi. Kishining amaliy faoliyatida tutgan yo’li, uning dunyoqarashi qanday
ekanligiga bog’liq.
Dunyoqarash kishilarning amaliy faoliyat yo’nalishini belgilab beradigan
qudratli ma’naviy kuchdir. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda jamiyat a’zolari, birinchi
navbatda yoshlar qalbini egallash, uning dunyoqarashiga muayyan maqsadlarni ko’zlab
tasir etish avj olib bormoqda.
Insoniyat yangi asr bo’sag’asida turgan bugungi kunda turli xil eski va yangi
mafkuralarning o’zaro kurashi har qachongidan ham ko’ra shiddatli tus olmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |