Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
14
Dunyoqarash esa, kishilarning olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va hokazo qarashlari va tasavvurlari majmuasidan iborat. Demak, dunyoqarash - olam haqidagi yaxlit umumiylashtirilgan bilimlar to’plamidir. Kishilar tevarak atrofdagi narsa va hodisalar to’g’risida qancha ma’lumotlarga, bilimga ega bo’lsa, ularning dunyoqarashi ham shu darajada mukammal va puxta bo’ladi. Dunyoqarashning yana bir muhim tomoni shundan iboratki, u insonni qurshab turgan voqelikni anglash, tushunish bilan bir qatorda uni baholashi hamdir. Ilmiy bilimlar dunyoqarash tarkibiga qo’shilib baholangach, insonning tevarak-atrofdagi ijtimoiy va tabiiy reallikda bevosita amaliy yo’l tutish maqsadiga xizmat qiladi. Bundan kurinib turibdiki, dunyoqarash insonning dunyodagi o’z o’rni va rolini belgilab beradigan, ongli ravishda to’plangan, izohlangan va baholangan bilimlar majmuidir. Dunyoqarash tarkibiga kishilarning olamni bilish va baholashga oid bo’lgan ishonch va e’tiqodlari, maqsadlari, ideallari, orzu-umidlari, ular faoliyatiga ma’lum yo’nalish beruvchi barcha qadriyatlar ham kiradi. Dunyoqarashning sub’ektini ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar, sinflar, siyosiy partiyalar, jamiyatni harakatlantiruvchi turli ommaviy kuchlar, davlatlar tashkil etadi. Ular o’z manfaatlaridan kelib chiqib, voqelikdagi jarayonlarga turlicha yondashadi, baholaydi va ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, dunyoqarash kishilarda olam haqida yaxlit umumlashtirilgan bilimlar, g’oyalar turkumini hosil qiladigan, ularni o’z orzu-umidlari, ideallari maqsadidan kelib chiqib baholaydigan va shunga qarab hayotdagi o’z o’rnini, amaliy faoliyat yo’nalishlarini, maqsadlarini aniqlab olishga imkoniyat beradigan ko’p qirrali va sermazmun tushunchadir. Dunyoqarash tushunchasi, «dunyoni his qilish», «dunyoni tushunish» iboralari bilan uzviy bog’liqdir. Bu bejiz emas, albatta. Olamdagi narsa va hodisalar bizning hissiy organlarimiz orqali kishilarda turli-tuman hissiyotlarni, kayfiyatlarni yuzaga keltiradi. Ular bizning tafakkurimiz yordamida mujassamlashtiriladi va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling