Bajardi: Narzillayev Sunnat
Reja - Xarakter haqida tushuncha.
- Xarakterning fiziologik asoslari.
- Xarakter strukturasi.
- Xarakterning shakllanishi.
- Shaxs psixodiagnostikasi
Xarakter haqida tushuncha. - Xarakter – (yunoncha chaktir belgi, nishon, xislat) – xarakter; ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofidagi voqealikka va o`z - o`ziga bo`lgan munosabatda ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti -harakatlarni belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig`indisidir.
- Xarakterologiya – xarakter haqidagi, xarakterning mohiyati, strukturasi, tarkib topishi va rivojlanishi haqidagi ta’limot.
- Isteriya (yunoncha hustera bachadon, XIX asr meditsinasida I.ya bachadon kasali deyilib, u faqat ayollarga xos deb hisoblanardi) – markaziy nerv sistemasining psixika harakatlar doirasi, sezgirlik kabilarning buzilishi bilan belgilanadigan funktsional o`zgarish: ruhiy kasallikning bir turi.
- Konformlik – (lotincha conformis - o`xshash, mos) – individning gurux fikrlariga tashqi tomondangina qo`shilib, ichki tomondan esa qo`shilmay o`z fikrida qolishi, guruxga ongli ravishda moslashishi.
- Moyillik – shaxsning muayyan faoliyat turi bilan shug`ullanishga doimiy intilishidan iborat individual xususiyat. Masalan: Muzikaga moyillik ilmiy tekshirish ishlariga moyillik va x.k. Moyillik shaxsning qiziqishlari va qobiliyati bilan uzviy ravishda bog`liq bo`lib, bu qiziqish va qobiliyatning tarkib topishi uchun ma’lum darajada asos bo`lishi ham mumkin.
Xarakterning fiziologik asoslari - Shaxsning individual - psixik xususiyatlari turli-tumandir. Masalan: kamtarlik, mag`rurlik, xudbinlik, samimiylik, rostgo`ylik, bahillik, g`amho`rlik, tortinchoqlik, quvnoqlik va x.k. Shunday ekan xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar xarakter xislatlari deyiladi. Xarakter xislatlari 2 ta katta gruppaga bo`linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |