- Agar nihoyatda zid qarama - qarshi nazarda tutilsa, unda ayrim odamlarda bu sistema o`ziga ishonish, o`zidan mag`rurlanish, o`zbilarmonlik, maxtanchoqlik, urishqoqlik, o`ch olishlik, kekayishi, pismiqlik, jamoatchilik tomonidan ma’qullangan narsalarni sezmaslik, ko`pchilik tomonidan qabul qilgan xatti – harakat qoidalarni pisand qilmasliklarning qo`shilishida nomayon bo`ladi. Boshqa bir odamlarda bu sistemaga qarama - qarshi xususiyatlari bilan qo`shilgan holda namoyon bo`ladi.
Xarakter strukturasini - Xarakter strukturasini xar tomonlama o`rganish, xulq atvorni hayotning turli vaziyatlarga tahlil qilish, yashash sharoiti va tarbiyani qanday yo`lga qo`yilganligini o`rganish asosida to`liq o`rganish mumkin.
- Xarakter strukturasida birinchi navbatda uning ikki tomoni: mazmuni va shakli farqlanadi. Xarakter mazmuni shaxsning hayotidagi yo`nalishini, ya’ni moddiy va ma’naviy extiyojlarini, qiziqishlarini, ideallarini tashkil qiladi.
Odam xarakterning strukturasi turli xususiyatlar va psixik protseslarning sintezidan iborat. Bular: - Ishonch.
- Ehtiyoj va qiziqishlar
- Intellekt tushunish, tushuncha, mulohaza.
- Iroda
- Hissiyot
- Temperament
Shaxsning turli munosabatlari bilan belgilanadigan xarakter xususiyatlarining to`rta sistemasi farqlanadi. - 1. Kollektivga va ayrim odamlarga bo`lgan munosabatlarni ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik)
- 2. Mehnatga bo`lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (mehnatsevarlik, yalqovlik, mehnatga ma’sulyat yoki ma’sulyatsizlik bilan munosabatda bo`lish va shu kabilar).
Shaxs turli munosabatlarining o`zaro bog`liqligi shaxs xarakteri strukturasining ayrim xususiyatlariga bog`liqdir. Ana shu o`zaro bog`liqlik tufayli shaxsning qandaydir bir yolg`iz munosabatiga bog`liq bo`lgan xarakter xususiyati topilmaydi. - Shaxs turli munosabatlarining o`zaro bog`liqligi shaxs xarakteri strukturasining ayrim xususiyatlariga bog`liqdir. Ana shu o`zaro bog`liqlik tufayli shaxsning qandaydir bir yolg`iz munosabatiga bog`liq bo`lgan xarakter xususiyati topilmaydi.
- Shaxs munosabatlari o`zaro aloqasi tufayli aynan bir xil munosabatga masalan: odamlarga yoki mehnatga bo`lgan munosabatiga bog`liq bo`lgan xarakter xususiyatlarigagina o`zaro bog`liq bo`lmay, balki, ko`p yoki oz darajada turli munosabatlarga bog`liq bo`lgan xarakterning xususiyatlari o`zaro bog`liqdirlar.
- Shaxs munosabatlarining o`zaro aloqasida markaziy, asosiy va ularga tobe bo`lgan munosabatlar bordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |