- Xarakterning ma’naviy sifatlari-mehnatsevarlik, halollik, rostgo`ylik, mehribonlik, tashabbuskorlik, kamtarlik kabilar;
- Xarakterning irodaviy xislatlari-maqsadga intiluvchanlik, qat’iylik, jasurlik, mardlik, matonatlilik, o`z-o`zini tuta bilish kabilar.
Xarakter tug`ma o`zgarmaydigan xususiyat emas. - U kishining hayot sharoitlarga bog`liq holda tarkib topib, o`zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir: maxsus sharoitda, maxsus ta’lim-tarbiya ta’sirida salbiy xarakter xislatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalash mumkin. Shaxs munosabatlari xarakter xislatlarining individual o`ziga xos xususiyatni 2 xil tarzda aniqlaydi. Bir tomondan xarakterning mazkur xususiyati namoyon bo`ladigan har bir tipik vaziyat imotsional kechilmalarining individual o`ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog`liq. Shu bilan bir qatorda, odam xarakterlarining usullari iroda xissiyot diqqat tafakkur xususiyatlariga ham bog`liqdir. Masalan: mehnatda namoyon bo`ladigan tirishqoqlik va puxtalik faqat mehnatga ijobiy munosabatda bo`lishi emas, balki diqqatning to`plashishiga harakatlarning aniqligi, irodaviy zo`r berishga va shu kabilarga bog`liqdir. Shu sababli harakat usullariga turli psixik jarayonlarning ustunlik qiluvchi tasiriga bog`liq holda xarakterning intektual, emotsional va irodaviy xislatlarni ajratish mumkin.
Xarakterning fiziologik asosi - Bir qancha olimlarning tadqiqotlarda odamlarning harakat usullari nerv sistemasi umumiy tipining xususiyatlari bilan aynan bir tipik vaziyatda va sharoitda bir xil ijobiy munosabatda bo`lish bilan solishtirib ko`rilgan. Bunda shu narsa aniqlangan-ki, nerv sistemasi umumiy tipining zid xususiyatlarga psixologik jihatidan zid bo`lgan xarakat usullari mos keladi. Masalan: sust nerv sistemasiga ega bo`lgan o`quvchilar yaxshi tanigan o`rtoqlarining tor doirasi bilan alohida qilishga loyiq bo`ladilar. Ular o`z tashabbuslari bilan o`zlari haqida kamdan-kam biror narsa aytadilar. Ular juda qiyinchilik bilan yangi tanish orttiradilar, ammo ular eski o`rtoqlari bilan uzoq vaqtga ajratayotgan bo`lsalar, ular bilan munosabatlarini uzushlari qiyin bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |