Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

181
 
qarab uning cheksiz ekanligini ko’rsatadi. U turli narsa va hodisalarda har xil 
bo’ladi. Hozirgi zamon fizikasining nisbiylik nazariyasida to’rt o’lchovli 
geometrik fazo haqida so’z boradi. Bunda to’rtinchi o’lchov sifatida vaqt 
olingan. 
Vaqt fazo bilan chambarchas bog’liq bo’lsada, lekin o’zining ayrim 
xususiyatlari bilan undan farq qiladi. Vaqtning muhim xususiyati uning bir 
o’lchovliligidadir, qaytarilmasligidadir. Moddiy narsalar fazoda har xil 
joylashishlari, turli tomonga harakat qilishlari mumkin, lekin vaqtga kelganda ular 
faqat bir tomonga qarab yo’nalishda bo’ladi, vaqt hech qachon orqaga qarab 
harakat qilmaydi. O’tgan zamonning qaytarilishi va hozirgi zamonning yo’q 
bo’lishi mumkin emas. 
Vaqtning o’ziga xos tomonlaridan yana biri uning cheksizligidadir. Vaqt 
cheksizligining’ ma’nosi shuki, moddiy dunyoning boshi ham, oxiri ham yo’q va 
bo’lmaydi. 
Fazo va vaqtga ichki ziddiyat xosdir. U shundan iboratki, fazo va vaqt o’z 
tabiatiga ko’ra ham mutlaq, ham nisbiydir. Fazo va vaqt materiya mavjudligining 
umumiy ob’ektiv shakllari kabi mutlaqdir, chunki bu shakllardan tashqari hech 
qanday moddiy jismlarning bo’lishi mumkin emasdir. Shuningdek, fazo va vaqt 
nisbiydir, chunki ularning aniq xossalari o’zgaruvchi materiyaning xossalariga 
bog’liqdir. Ziddiyat shundan iboratki, fazo va vaqt nihoyasizlik bilan nihoyaning 
birligini tashkil etadi, fazoning nihoyasizligi ayrim moddiy ob’ektlarning 
nihoyali ko’lamlaridan tarkib topadi, vaqtning nihoyasizligi esa ayrim moddiy 
jarayonlarning nihoyali uzluklilaridan tarkib topadi. 
Fazo va vaqt uzluksizdir va shu bilan birga uzlukli (diskret)dir. Fazo shu 
ma’noda uzluksizki, uning har qanday tarzda olingan (katta yoki kichik, juda 
yaqin yoki uzoq) elementlari orasida bir element hamisha real suratda mavjud 
bo’ladi va bu element ularni yagona fazoviy ko’lamga birlashtiradi; boshqacha 
qilib aytganda fazoviy ko’lam elementlari o’rtasida hech qanday mutlaq alohidalik, 
bo’linishlik yo’q; ular bir-biriga o’tib turishadi. Ya’ni vaqt shu ma’noda 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling