Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

189
 
aloqa vositasi tilni vujudga keltiradi. 
Insonga xos bo’lgan barcha xislat va fazilatlarning yuzaga kelishi va 
rivojlanishi mehnat bilan, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan uzviy bog’liq. 
Birgalikda qilinadigan har qanday mehnat kishilarning bir-birlari bilan muayyan 
aloqa va munosabatlarda bo’lishlarini taqozo qiladi. Kishilar ana shu aloqa va 
munosabat asosida bir-birlariga va tabiatga ta’sir etadilar. 
Inson o’zining ma’lum maqsadga qaratilgan amaliy faoliyati jarayonida 
tabiatni behad o’zgartirib yubordi. Insoniyatning ko’p ming yillik tarixiy 
taraqqiyoti jarayonida o’simliklarning shunday yangi navlari va hayvonlarning 
tabiat yaratmagan zotlari yaratildiki, buni ko’rib ajablanmaslik mumkin emas. 
Dunyo haritasida yangidan-yangi mamlakatlar, viloyatlarning paydo bo’lganligi 
va bo’layotganligi, o’simlik va hayvonlar dunyosining o’zgarib borayotganligi
suv omborlari, to’g’onlar, sun’iy dengizlarning paydo bo’layotganligi, qo’riq va 
bo’z yerlarning o’zlashtirilayotganligi, sanoat korxonalarining bunyod 
etilayotganligi, 
bularning 
hammasi 
insonning 
tabiatga 
ta’siri kuchayib 
borayotganligining muhim ko’rinishlaridandir. yer sharining, jahon okeanining 
inson amaliy faoliyati ta’sirida biron-bir darajada o’zgarmayotgan nuqtasi deyarli 
yo’q. 
Inson o’zining aql-idroki, fan va texnika yordamida oziq-ovqatning, 
qurilish materiallarining, kiyim-kechak uchun ishlatiladigan matolarning, sun’iy 
tolalarning tabiat yaratmagan yangidan-yangi turlarini ixtiro qildi va qilmoqda. 
Insonning tabiatga ta’siri ijtimoiy taraqqiyot mobaynida hozirgi davrdagidek 
bo’lgan emas. Hozirgi paytda insonning yashash maskanining tabiiy muhiti 
o’zgarmoqda. Bu muhit inson sivilizatsiyasining bir qismiga aylandi. Boshqacha 
aytganda, “ikkinchi tabiat” — insoniyat madaniy dunyosi vujudga keltirildi, ya’ni 
shunday narsalar va jarayonlar vujudga keltirildiki, ularning tabiatda tayyor holda 
mavjud bo’lishi u yoqda tursin, hatto ular tabiatning o’z kuchlari ta’siri ostida ham 
paydo bo’la olmaydi. Bundan endiliqda tabiat o’z mavjudligining ob’ektiv 
xususiyatini yo’qotdi, degan ma’no kelib chiqmaydi, albatta. Tabiat ilgarilari 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling