Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
188
uchun o’zlashtirib olishidir, inson bilan tabiat o’rtasida moddalar almashinishining umumiy shartidir, inson hayotining abadiy tabiiy shartidir. Mehnat, ishlab chiqarish insonning ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanishining, uning tabiatdan ajralib chiqishining negizidir. Insonlar tirikchilik uchun zarur vositalarni ishlab chiqara boshlashlari bilanoq o’zlarini hayvonlardan farq eta boshlaydilar. Mehnat qilish natijasida odam o’zining tabiiy a’zolari faoliyatini o’zgartiradi, muskullari, paylari, oyoq va qo’llari rivojlanadi. Shuningdek, odamning aqliy va jismoniy qobiliyatlari ham rivojlanadi, miyasi va sezgi a’zolari taraqqiy etadi. Insonning sezgi a’zolari — mehnatning, ijtimoiy munosabatlarning, inson amaliy faoliyatining mahsulidir. Inson tabiat farzandi sifatida paydo bo’lgan bo’lsada, lekin insonga xos deb e’tirof etilgan xususiyatlarning hammasiga u jamiyatda bevosita aralashish, ta’lim-tarbiya olish, mehnat qilish orqali erishdi. Mehnatning roli va ahamiyati, ayniqsa, ikki narsada kuchliroq seziladi. Birinchidan, inson ajdodlari organizmi mehnat ta’sirida biologik mavjudotga xos bo’lgan belgilardan ijtimoiy mazmunga xos tomonga o’zgara boshladi. Ikkinchidan, mehnat gapirish, aloqa o’rnatish, ijtimoiy tajriba orttirish, inson ongi, til va tafakkurining paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun ham asos bo’ldi. Odamning ongi ham o’zi kabi ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Insonga xos bo’lgan ong faqat mehnat jarayonida rivojlanadi. San’at, fan, madaniyat va texnika taraqqiyoti tarixi bizning barcha fikrlarimiz, g’oyalarimiz mehnat jarayonida tug’ilganligini va rivojlanib borganligini ko’rsatib turibdi. Kishilar o’rtasidagi eng muhim aloqa vositasi bo’lgan tilning kelib chiqishi va rivojlanishi ham mehnat bilan bevosita bog’liq. Mehnat natijasida qo’yilgan har bir yangi qadam insonning bilim darajasini kengaytira bordi. U tabiat predmetlarida doimiy ravishda yangi, shu vaqtgacha ma’lum bo’lmagan xususiyatlarni ocha bordi. Ikkinchi tomondan, zaruriyat orqasida mehnatning rivojlanishi jamiyat a’zolarining yanada yaqinroq jipslashuviga yordam beradi. Natijada ularda bir-birlariga nimanidir aytish ehtiyoji tug’iladi. Bu ehtiyoj o’zaro |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling