Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

187
 
keltiradi. Shu harakat vositasi bilan tashqi tabiatga ta’sir qilib va uni o’zlashtirib, 
odam shu bilan birga o’z tabiatini ham o’zgartiradi. Kishilar moddiy boyliklar 
yaratish, mehnat qilish asosida tabiat kuchlariga ta’sir etganlar, madaniyat 
tarixini, ijtimoiy munosabatlar dunyosini yaratishga muvaffaq bo’lganlar. 
Taraqqiyotning eng qadim bosqichida kishilarning tabiat kuchlariga qarshi 
olib borgan kurashidagi katta g’alabalaridan biri olovni kashf etganliklaridir. Ana 
shu kashfiyot tufayli ovqat pishirish, ishlab chiqarish qurollarini tayyorlash — 
vahshiy hayvonlarni ovlash, sovuq iqlilmi joylarda ham yashash imkoniyati 
tug’ildi. Temir tishli omochdan foydalanish orqasida keng miqyosda dehqonchilik 
bilan shug’ullanishga yo’l ochildi. Dehqonchilikning rivojlanishi chorvachilikni 
yuzaga keltirdi. 
Odamlar moddiy ne’matlar ishlab chiqarish natijasidagina tabiat kuchlarini 
yengishga muvaffaq bo’lganlar. Hayvon, parrandalar, o’simliklar, har xil 
giyohlardan oziqlanib, tirikchilik vositalarini tabiatdan tayyor holda olganlar. 
Shuning uchun ham ular tabiatga mutlaq qaramdirlar. Odam esa tabiatga faol 
ta’sir ko’rsatadi. 
Mehnat yordamida inson tabiat kuchlaridan o’z maqsadi yo’lida 
foydalanadi. Kishilar tabiatidagi narsalarni o’zgartirib mehnat qurollarini va 
tirikchilik vositalarini tayyorlaydilar. Odamning hayvondan farq qiladigan muhim 
tomonlaridan biri ham ana shunda. 
Sirtdan qaraganda ba’zi bir hayvonlar mehnat qilganday bo’lib ko’rinadi. 
Ular ehtiyojlarini qondirish uchun mehnat qurolidan emas, balki o’zlarining tabiiy 
a’zolari — tirnoqlari, qoziq tishlari, o’tkir ko’zlaridan foydalanadilar. Birorta ham 
hayvon hech qachon, hatto eng oddiy mehnat qurolini ham yaratgan emas. Mehnat 
qurolini yasash va undan foydalanish bu faqat insonga xos xususiyatdir. Mehnat 
quroli tabiatning insonga hadyasi emas, balki u inson aqliy va jismoniy 
mehnatining natijasidir. 
Mehnat - kishilarning maqsadga muvofiq faoliyatidir. Mehnat tufayli 
odamning ehtiyoji qondiriladi. Mehnat tabiat yaratgan narsalarni inson o’z ehtiyoji 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling