Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

190
 
ob’ektiv va birlamchi bo’lganidek, hozir va bundan keyin ham shundayligicha 
qolaveradi. 
Yuqorida aytilganlardan quyidagi xulosaga kelish mumkin: birinchidan, 
inson va insoniyat dunyosi tabiatdan ajralmasdir, uning oliy mahsulidir
ikkinchidan, kishini tabiat vujudga keltirgan bo’lsa, uni jamiyat, ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar kamol toptirdi va unga ijtimoiy qiyofa berdi, uchinchidan, 
odamning o’zini ham, uning ongini ham mehnat yaratdi va rivojlantirdi
to’rtinchidan, tabiiy muhit inson amaliy faoliyatida behad o’zgarib “insonning 
tanasi”ga aylandi. 
 
4.6.Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi 
 
Kishilik jamiyati moddiy olamning, tabiatning ko’p ming yillik tadrijiy 
taraqqiyotining qonuniy mahsulidir. U taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida
insonlar jamoasi kelib chiqqan davrda yuzaga kelgan. Demak, jamiyat tarixi va 
uning taraqqiyoti inson ma’lum jamoaga birlashib mehnat qilgan, ishlab chiqarish 
qurollarini yaratgan, ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar shakllangan 
davrdan boshlandi. 
Jamiyat tarixi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlar tarixidir. 
Jamiyat rivojlanishi esa shu munosabatlarning o’sishi va takomilashishi shaklida 
bo’ladi. Jamiyat tarixi tabiat rivojlanishi tarixining ma’lum bir davridan 
boshlandi. 
Shunday qilib, inson va jamiyat tabiatning ajralmas bir qismi bo’lishi bilan 
birga uning alohida ongli qismidir. Jamiyat hamisha tabiat bilan o’zaro aloqada 
bo’ladi. Inson har doim tabiatning bag’rida yashaydi. Biz butun borlig’imiz bilan 
tabiatnikimiz va uning ichida yashaymiz, olamiz va ulardan to’g’ri foydalana 
bilamiz. 
Inson hech qachon tabiatdan tashqarida, u bilan aloqa va munosabatda 
bo’lmasdan turib yashay olmaydi. Tabiat bilan jamiyat, tabiat bilan inson, tabiat 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling