Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

193
 
Qadimgi davrda tirikchilik vositalarining tabiiy manbalarga boy bo’lgan 
joylar jamiyat taraqqiyotiga katta qulaylik tug’dirgan. Shuning uchun ham Misr
Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy, O’rta Osiyo, Kavkazorti, O’rta yer dengizi 
o’lkalari madaniyatning eng qadimgi markazlari bo’lgan. 
Madaniyatning ibtidoiy jamoa tuzumidan keyingi yuqori bosqichlarida 
odamlarning tabiatga bo’lgan ta’siri ancha kuchayib, tabiat resurslaridan 
foydalanish imkoniyatlari ancha kengaydi. Buning asosiy sababi ishlab 
chiqaruvchi 
kuchlarning, 
fan, 
texnika 
va 
madaniyatning 
rivojlanib 
borganligidadir. 
Sotsiologiya fanidagi “jug’rofik determinizm” deb atalgan nazariyaga 
muvofiq, jamiyatning iqtisodiy tuzumini ham, uning ijtimoiy va siyosiy tuzilishini 
ham belgilaydigan narsa jug’rofik muhitdir. Masalan, frantsuz olimi Monteske 
“Qonunlar ruhi to’g’risida” deb nomlangan asarida kapitalistik mamlakatlardagi 
millionlab ommaning boshiga tushayotgan azob-uqubatlarning asl sababi tabiiy 
sabablardir, deydi. Iqlim hukmronligi uningcha, hamma hukmronlikdan 
kuchliroqdir. Biroq jug’rofik determinizm tarafdorlari nima uchun tabiiy sharoiti 
bir xil bo’lgan ba’zi mamlakatlar tezroq rivojlanishini, ba’zilari esa sekinroq 
rivojlanishini tushuntirib bera olmaydi. 
Darhaqiqat, 
tabiiy 
sharoitlar 
ijtimoiy 
taraqqiyotning 
borishini 
tezlashtirishi, unga turtki berishi, ijtimoiy ta’sir ko’rsatishi mumkin, lekin 
jamiyatning qiyofasini, ijtimoiy tuzumning xususiyatini, bir tuzumdan ikkinchi 
tuzumga o’tishini belgilab beruvchi kuch bo’la olmaydi. Chunki, jamiyatning 
o’zgarishi va rivojlanishi tabiiy sharoitlarning o’zgarishiga qaraganda tezroq sodir 
bo’ladi. Tabiiy sharoitlarning sezilarli darajada o’zgarishi uchun ko’p yillar kerak 
bo’lsa, jamiyat hayotida tub o’zgarishlar bo’lishi uchun qisqa bir tarixiy muddat 
kifoya qiladi. 
Yevropa, Osiyo, Afrikada geografik sharoit bundan 3 ming yil oldin 
qanday bo’lgan bo’lsa, hozir ham deyarli shunday. Biroq shu yillar ichida undagi 
davlatlar, xalqlar va millatlarning hayotida ko’plab o’zgarishlar sodir bo’lgan va 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling