Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

191
 
tarixi bilan jamiyat tarixida dialektik birlikda, ta’sir va aks ta’sirdadir. Ularni bir-
biridan ajratish mumkin emas. Alohida inson ham, umuman jamiyat va insoniyat 
dunyosi ham nazariy, jismoniy, amaliy jihatdan tabiat bilan uzviy aloqadorlikda 
yashaydi. 
Tabiat-tabiiy resurslar manbaidir. Tabiiy resurslar ya’ni, nafas olinadigan 
havo, ichiladigan suv, har xil xom ashyolar bo’lmasa inson, jamiyat yashay 
olmaydi, san’at, qishloq xo’jaligi va madaniyatni yuksaltirib bo’lmaydi. Tabiat 
biz uchun moddiy ne’matlarning birinchi manbai sifatida ham sog’liq, shodlik, 
hayot qiziqishining va har bir kishidagi ma’naviy boyliklarning bitmas-tuganmas 
manbai sifatida ham o’zining g’oyat zo’r ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydi. 
Tabiatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan yer insonlarning 
oziq-ovqat manbai, uning dastlabki mehnat vositalarining xazinasidir. yer 
insonni boqadi, ingliz olimi Vilyam Petti aytganidek, mehnat boylikning “otasi” 
bo’lsa, yer uning “onasi”dir. Odamlar bir necha ming yillar davomida uning issiq 
bag’rida undi, voyaga yetdi. Insonning kundalik hayoti va sevinchlari ham yer 
tufaylidir. Shunday ekan, inson uchun g’oyat darajada muhim va zarur bo’lgan 
yerni e’zozlamaslik mumkin emas. 
Kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarishi uchun muayyan tabiiy 
sharoitlar talab qilinadi. Tabiatning jamiyat bilan yaqindan aloqa bog’laydigan, 
uning taraqqiyotiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadigan qismi tabiiy muhit deb 
ataladi. yer va yer osti boyliklari, daryolar, iqlim va boshqa shu kabilar tabiiy 
muhitni tashkil etadi. 
Tabiiy muhit jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omil sifatida ikki katta 
turkumga bo’linadi. Ulardan biri tirikchilik vositalaridan iborat tabiiy boyliklar, 
ya’ni yerning hosildorligi, o’rmonlarda hayvonlar, suvda baliqlarning ko’pligidan 
iborat bo’lsa, ikkinchisi mehnat vositalari (mavjud sharoitlar, kema qatnaydigan 
daryolar, daraxtlar, ko’mir, neft, gaz va boshqalar)dir. Kishilik jamiyatining 
boshlang’ich davrida tashqi tabiiy sharoitlarning birinchi xil, jamiyat 
taraqqiyotining yuqori bosqichida ikkinchi xili hal qiluvchi ahamiyatga egadir. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling