Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

204
 
Dialektik tafakkurlash usulining yana bir muhim tamoyillari shundan iboratki, 
har qanday narsa va hodisalarni tahlil qilishda, o‘rganishda unga konkret tarixiy 
yondashmoqni taqozo etadi. Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish uchun uni 
tevarak atrofdagi muhim, sharoit, joy, vaqtga bog‘langan holda o‘rganish maqsadga 
muvofiqdir. Konkret-tarixiy yondashish qoidasini e’tiborga olmaslik, nazariya va 
amaliyotda bir tomonlamalikka olib kelishi muqarrar. 
Falsafaning mazkur tamoyili ilmiy bilish va amaliyotda katta metodologik 
rol o‘ynaydi. Narsa va hodisalarga konkret-tarixiy yondashish ularning rivojiga 
ta’sir ko‘rsatadigan omillarni taraqqiy etish yo‘nalishlarini belgilab olish 
imkoniyatini yaratadi. Buni O‘zbekiston Respublikasi hayotidan olingan 
misoldan ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi 
birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, hozirgi kunda XXI asr arafasi va 
uning dastlabki kunlarida mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi, islohotlarni 
chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizning ustivor 
yo‘nalishini quyidagilar tashkil etadi:
1) mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada 
erkinlashtirish;
2) jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish;
3) kadrlar masalasi;
4) xalq turmush darajasining izchil va barqaror o‘sishi, aholini kuchli 
ijtimoiy himoya qilish;
5) iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash;
6) jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni
sarhadlarimiz daxlsizligini mamlakatimiz hududi yaxlitligini ta’minlash
1
. Harakat 
qilish narsa va hodisalar taraqqiyoti qonunlarini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini 
yuzaga keltiradi. Bu esa olamni falsafiy anglash jarayonida dialektika qonun 
va kategoriyalariga tayanish fan va amaliy faoliyat uchun katta ahamiyatga ega 

1
Karimov I.A. O‘zbekistan XXI asrga intilmoqda.-T.:“O‘zbekiston”,1999.-15-19-betlar. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling