205
ekanligidan dalolat beradi.
Qonun — muayyan shart-sharoitda voqealar rivojining xususiyati va
yo‘nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan ob’ektiv
dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror
munosabatlaridir.
Dialektika qonunlari turkumiga quyidagilar kiradi: miqdor o‘zgarishlarining
sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni; qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuni;
inkorni inkor qonuni. Mazkur qonunlarning mazmun-mohiyatini mukammal
o‘zlashtirib olish olamni falsafiy anglashning muhim sharti hisoblanadi.
5.2.Falsafaning asosiy qonunlari
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. Qarama-qarshiliklar birligi va
kurashi qonuniga muvofiq har bir narsa bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan va biri
ikkinchisini istisno etuvchi qarama-qarshi tomon va kuchlarga ega bo‘lib, ular
o‘rtasidagi kurash natijasida eskining yo‘qolishi va yangining paydo bo‘lishi yuzaga
keladi.
Ma’lumki, narsalar turli-tumandir. Hamma tomonlari bilan aynan o‘xshash
bo‘lgan ikki narsaning o‘zi yo‘q. Narsalarning tafovut darajasi ham bir xil emas:
muhim va nomuhim tafovutlar mavjud.
Narsa va hodisalardagi tafovutlar qarama-qarshiliklar asosini tashkil etadi.
Qarama-qarshiliklar deb shunga aytiladiki, tabiatdagi narsa va hodisalarda mavjud
bo‘lgan tomonlar, xossalar va yo‘nalishlar bir-birini inkor qiladi, bir vaqtning o‘zida
bir-birini taqozo ham qiladi. Masalan, magnitdagi shimoliy va janubiy qutblar,
elektrning manfiy va musbat zaryadlari, atomdagi tortilish va itarilish, ijtimoiy
hayotdagi yovuzlik va ezgulik o‘zaro bir-birini inkor etadi va ayni vaqtda biri
ikkinchisini taqozo etadi.
Narsa va hodisalarning qarama-qarshi tomonlari o‘rtasidagi munosabat ziddiyat
deb ataladi. To‘qnashuv tushunchasi ziddiyatdan farqli o‘laroq, narsa va hodisalarning
Do'stlaringiz bilan baham: |