Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

205
 
ekanligidan dalolat beradi. 
Qonun — muayyan shart-sharoitda voqealar rivojining xususiyati va 
yo‘nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan ob’ektiv 
dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror 
munosabatlaridir. 
Dialektika qonunlari turkumiga quyidagilar kiradi: miqdor o‘zgarishlarining 
sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni; qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuni
inkorni inkor qonuni. Mazkur qonunlarning mazmun-mohiyatini mukammal 
o‘zlashtirib olish olamni falsafiy anglashning muhim sharti hisoblanadi. 
5.2.Falsafaning asosiy qonunlari 
 
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. Qarama-qarshiliklar birligi va 
kurashi qonuniga muvofiq har bir narsa bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan va biri 
ikkinchisini istisno etuvchi qarama-qarshi tomon va kuchlarga ega bo‘lib, ular 
o‘rtasidagi kurash natijasida eskining yo‘qolishi va yangining paydo bo‘lishi yuzaga 
keladi. 
Ma’lumki, narsalar turli-tumandir. Hamma tomonlari bilan aynan o‘xshash 
bo‘lgan ikki narsaning o‘zi yo‘q. Narsalarning tafovut darajasi ham bir xil emas: 
muhim va nomuhim tafovutlar mavjud. 
Narsa va hodisalardagi tafovutlar qarama-qarshiliklar asosini tashkil etadi. 
Qarama-qarshiliklar deb shunga aytiladiki, tabiatdagi narsa va hodisalarda mavjud 
bo‘lgan tomonlar, xossalar va yo‘nalishlar bir-birini inkor qiladi, bir vaqtning o‘zida 
bir-birini taqozo ham qiladi. Masalan, magnitdagi shimoliy va janubiy qutblar, 
elektrning manfiy va musbat zaryadlari, atomdagi tortilish va itarilish, ijtimoiy 
hayotdagi yovuzlik va ezgulik o‘zaro bir-birini inkor etadi va ayni vaqtda biri 
ikkinchisini taqozo etadi. 
Narsa va hodisalarning qarama-qarshi tomonlari o‘rtasidagi munosabat ziddiyat 
deb ataladi. To‘qnashuv tushunchasi ziddiyatdan farqli o‘laroq, narsa va hodisalarning 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling