204
Dialektik tafakkurlash usulining yana bir muhim tamoyillari shundan iboratki,
har qanday narsa va hodisalarni tahlil qilishda, o‘rganishda unga konkret tarixiy
yondashmoqni taqozo etadi. Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish uchun uni
tevarak atrofdagi muhim, sharoit, joy, vaqtga bog‘langan holda o‘rganish maqsadga
muvofiqdir. Konkret-tarixiy yondashish qoidasini e’tiborga olmaslik, nazariya va
amaliyotda bir tomonlamalikka olib kelishi muqarrar.
Falsafaning mazkur tamoyili ilmiy bilish va amaliyotda katta metodologik
rol o‘ynaydi. Narsa va hodisalarga konkret-tarixiy yondashish ularning rivojiga
ta’sir ko‘rsatadigan omillarni taraqqiy etish yo‘nalishlarini belgilab olish
imkoniyatini yaratadi. Buni O‘zbekiston Respublikasi hayotidan olingan
misoldan ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, hozirgi kunda XXI asr arafasi va
uning dastlabki kunlarida mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi, islohotlarni
chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizning ustivor
yo‘nalishini quyidagilar tashkil etadi:
1) mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada
erkinlashtirish;
2) jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish;
3) kadrlar masalasi;
4) xalq turmush darajasining izchil va barqaror o‘sishi, aholini kuchli
ijtimoiy himoya qilish;
5) iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash;
6) jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni,
sarhadlarimiz daxlsizligini mamlakatimiz hududi yaxlitligini ta’minlash
1
. Harakat
qilish narsa va hodisalar taraqqiyoti qonunlarini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini
yuzaga keltiradi. Bu esa olamni falsafiy anglash jarayonida dialektika qonun
va kategoriyalariga tayanish fan va amaliy faoliyat uchun katta ahamiyatga ega
1
Karimov I.A. O‘zbekistan XXI asrga intilmoqda.-T.:“O‘zbekiston”,1999.-15-19-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |