Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

203
 
Falsafaning voqelikdagi narsa va hodisalarni har tomonlama va o‘zaro 
munosabatda tahlil qilish tamoyili o‘rganilayotgan ob’ektga bir tomondan, bir 
yoqlama, bir munosabatda tahlil etishni maqsad etib qo‘ygan formal mantiq 
tafakkur uslubidan tubdan farq qiladi. Bunday fikrlash usuli sofistika va metafizika, 
eklektika usullariga ham qarama-qarshidir. Bulardan farqli o‘laroq, falsafiy fikrlash 
usuli narsa va hodisalarni tahlil qilishda ularga xos bo‘lgan hamma aloqa 
vositalarini hisobga olishni talab etadi. Xuddi shunday yondashish olamni chuqur va 
atroflicha bilish va amaliy faoliyati muvafaqqiyatining shartidir. 
Falsafiy fikrlash usuli olamdagi narsa va hodisalarni faqat o‘zaro aloqada va 
bir-birini taqozo qilishda olib qaramasdan, balki harakatda, o‘zgarishda va 
rivojlanishda qarashni talab qiladi. Bu ham falsafaning muhim tamoyillaridan biri 
bo‘lib hisoblanadi. U bevosita narsa va hodisalarning o‘zaro aloqadorligi tamoyilidan 
kelib chiqadi. Buning boisi shundaki, voqelikdagi barcha narsa va hodisalar o‘zaro 
aloqadorligi, bog‘lanishlari tufayli bir-biriga ta’sir qiladi va ularning xuddi shu o‘zaro 
ta’siri harakatdir. 
Tabiat va jamiyat hodisalarining o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta’sir qilib 
turishi ularning doimiy harakatda, rivojlanish va o‘zgarishda bo‘lib turishini 
ko‘rsatib beradi. Hamma hodisalar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisidan kelib 
chiqadi. Dunyo abadiy harakat, o‘zgarish va rivojlanishda bo‘ladi. Shuning uchun 
ham olamdagi narsa va hodisalarga dialektik mantiq nuqtai-nazaridan yondashish 
ularni nafaqat o‘zaro aloqada va bir-birini taqozo qilishda, balki harakatda, 
o‘zgarishda va rivojlanishda qarashni talab qiladi. Bunday yondashish ham shaklan 
ham mantiqan metafizik usulga ziddir. Masalan, metafizika uchun o‘rganilayotgan 
ob’ekt ularning fikriy in’ikosi-tushunchalar o‘zgarmaydigan, qotib qolgan, biridan 
keyin ikkinchisi va biri ikkinchisiga bog‘lanmasdan alohida tahlil qilinadigan 
narsalardir. 
Narsa va hodisalarni, tadqiq etilayotgan ob’ektlarning barchasini o‘zaro 
aloqada, ularning harakatida, paydo bo‘lishi va yo‘qolishida qaralishi dialektikaning 
muhim tamoyillaridan bo‘lib hisoblanadi. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling