Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


FALSAFANING QONUN VA KATEGORIYALARI


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

FALSAFANING QONUN VA KATEGORIYALARI 
 
5.1. Falsafada rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Qonun 
tushunchasi. Qonun turlari 
 
Falsafiy fikrlash o‘ziga xos bir qator tamoyil, qonun-qoidalarga asoslanadi va 
ularga qatiy rioya etishni talab etadi. Shular ustida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Dialektik tafakkur olamdagi har qanday narsa yoki hodisani o‘rganishda 
ularning hamma tomon va bog‘lanishlarini, shuningdek, uning boshqa narsalar va 
hodisalar bilan o‘zaro munosabatlarini hisobga olishni talab etadi. 
Real voqelikdagi narsalar bir-biridan ajralgan, alohida holda mavjud 
bo‘lmasdan, balki bir-biri bilan mustahkam o‘zaro bog‘lanishlarda bo‘ladi va bir-
birini taqozo qiladi. Shuning uchun olamdagi narsalar mantiqning in’ikosi bo‘lgan 
inson tafakkuri mantig‘i voqelikdagi narsa va hodisalarni butun tashqi olam bilan 
birga jonli va turli-tuman aloqasini qamrab olishi, aks etishi kerak. Nazariy bilim 
o‘rganilayotgan ob’ektning har tomonlama munosabatlarda bo‘lishini ko‘rsatib 
berishi lozim. Faqat narsa va hodisalarning hamma bog‘lanish va o‘zaro 
munosabatlarini bilish insonga haqiqatga erishish imkoniyatini beradi. 
Tabiat va jamiyatda hech bir hodisa ajralgan boshqa hodisalarga bog‘liq 
bo‘lmagan holda yasholmaydi va yashashi ham mumkin emas. Sirtdan qaraganda 
narsalar, voqealar bir-birlaridan ajralgandek bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Aslida esa
ular o‘zaro aloqada bo‘lib, biri ikkinchisidan kelib chiqadi, bir-birlarini taqozo qilib 
turadi. Narsa, hodisa va voqealar o‘rtasidagi ichki bog‘liqlik, aloqadorlik va bir-biriga 
ta’sir qilishlik ob’ektiv qonuniy holdir. Ana shu qonuniyatni ochib berish - fanning 
vazifasidir. 
“Tabiatni faqat uning qonunlariga bo’ysunish
yo’li bilangina yengish mumkin”.
F.Bekon 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling