194
bo’lmoqda. Buyuk o’zgarishlar jamiyat hayotida sodir bo’ladigan har qanday
o’sish, o’zgarish va rivojlanishlarning geografik muhit o’zgarishiga nisbatan
tezroq amalga oshishini ochiq-oydin ko’rsatib turibdi.
Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, quyidagicha xulosa chiqarish
mumkin: 1) Insonning tabiat bilan aloqasi yerda inson paydo bo’lgan vaqtlardanoq
yuzaga kelgan bo’lib, bu zaruriy ob’ektiv aloqadorlik o’z ahamiyatini bundan
keyin ham hech qachon yo’qotmaydi; 2) Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi
aloqadorlik, jamiyatning tabiatga, tabiatning esa jamiyatga ta’siri ob’ektiv
qonuniyatdir; 3) Jamiyat bilan tabiatning ob’ektiv aloqadorligi, tabiiy
sharoitlarning jamiyat taraqqiyotiga ko’rsatadigan ta’siri jahondagi ayrim bir
xalqlar va mamlakatlarga taalluqligina bo’lib qolmasdan, balki butun insoniyat
uchun, barcha jamiyatlar va mamlakatlar uchun bir xilda umumiydir; 4) Tabiiy
muhit insonning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish faoliyatining doimiy abadiy
va zaruriy shartidir.
Mavzuga doir tushuntiruvchi matnlar
4.1.Borliq
shakllari
Borliqning
asosiy shakllari:
Moddiy borliq – tabiat
va atrof olamdagi mod-diy
(masofa,
massa,
hajm,
zichlikka
ega
bo’lgan)
jismlar,narsalar,hodisa-
larning mavjudligi
жисмлар,нарсалар,
ҳодисаларнинг
мавжудлиги
Ma’naviy borliq
– inson
tomonidan yaratilgan madaniyat
va san’at asarlari, til, ilmiy
kashfiyotlar, g’oyalar, axloq-
odob qoidalari, falsafiy, estetik,
badiiy, siyosiy, tafakkurlash
madaniyati, ruhiy kechinmalar,
diniy tasavvurlar, tushunchalar
va h.k majmui
Ijtimoiy borliq – inson-ning
jamiyatda
borligi
va
jamiyatning
borligi
(hayotning mavjudligi,
rivojlanishi)
Inson borlig’i – insonning
moddiy va ruhiy(ideal)
birligi sifatida mavjudligi,
insonning o’z-o’zicha borligi
va
uning moddiy dunyoda
borligi
Do'stlaringiz bilan baham: |