190
ob’ektiv va birlamchi bo’lganidek, hozir va bundan keyin ham shundayligicha
qolaveradi.
Yuqorida aytilganlardan quyidagi xulosaga kelish mumkin: birinchidan,
inson va insoniyat dunyosi tabiatdan ajralmasdir, uning oliy mahsulidir,
ikkinchidan, kishini tabiat vujudga keltirgan bo’lsa, uni jamiyat, ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar kamol toptirdi va unga ijtimoiy qiyofa berdi, uchinchidan,
odamning o’zini ham, uning ongini ham mehnat yaratdi va rivojlantirdi,
to’rtinchidan, tabiiy muhit inson amaliy faoliyatida behad o’zgarib “insonning
tanasi”ga aylandi.
4.6.Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi
Kishilik jamiyati moddiy olamning, tabiatning ko’p ming yillik tadrijiy
taraqqiyotining qonuniy mahsulidir. U taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida,
insonlar jamoasi kelib chiqqan davrda yuzaga kelgan. Demak, jamiyat tarixi va
uning taraqqiyoti inson ma’lum jamoaga birlashib mehnat qilgan, ishlab chiqarish
qurollarini yaratgan, ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar shakllangan
davrdan boshlandi.
Jamiyat tarixi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlar tarixidir.
Jamiyat rivojlanishi esa shu munosabatlarning o’sishi va takomilashishi shaklida
bo’ladi. Jamiyat tarixi tabiat rivojlanishi tarixining ma’lum bir davridan
boshlandi.
Shunday qilib, inson va jamiyat tabiatning ajralmas bir qismi bo’lishi bilan
birga uning alohida ongli qismidir. Jamiyat hamisha tabiat bilan o’zaro aloqada
bo’ladi. Inson har doim tabiatning bag’rida yashaydi. Biz butun borlig’imiz bilan
tabiatnikimiz va uning ichida yashaymiz, olamiz va ulardan to’g’ri foydalana
bilamiz.
Inson hech qachon tabiatdan tashqarida, u bilan aloqa va munosabatda
bo’lmasdan turib yashay olmaydi. Tabiat bilan jamiyat, tabiat bilan inson, tabiat
Do'stlaringiz bilan baham: |