187
keltiradi. Shu harakat vositasi bilan tashqi tabiatga ta’sir qilib va uni o’zlashtirib,
odam shu bilan birga o’z tabiatini ham o’zgartiradi. Kishilar moddiy boyliklar
yaratish, mehnat qilish asosida tabiat kuchlariga ta’sir etganlar, madaniyat
tarixini, ijtimoiy munosabatlar dunyosini yaratishga muvaffaq bo’lganlar.
Taraqqiyotning eng qadim bosqichida kishilarning tabiat kuchlariga qarshi
olib borgan kurashidagi katta g’alabalaridan biri olovni kashf etganliklaridir. Ana
shu kashfiyot tufayli ovqat pishirish, ishlab chiqarish qurollarini tayyorlash —
vahshiy hayvonlarni ovlash, sovuq iqlilmi joylarda ham yashash imkoniyati
tug’ildi. Temir tishli omochdan foydalanish orqasida keng miqyosda dehqonchilik
bilan shug’ullanishga yo’l ochildi. Dehqonchilikning rivojlanishi chorvachilikni
yuzaga keltirdi.
Odamlar moddiy ne’matlar ishlab chiqarish natijasidagina tabiat kuchlarini
yengishga muvaffaq bo’lganlar. Hayvon, parrandalar, o’simliklar, har xil
giyohlardan oziqlanib, tirikchilik vositalarini tabiatdan tayyor holda olganlar.
Shuning uchun ham ular tabiatga mutlaq qaramdirlar. Odam esa tabiatga faol
ta’sir ko’rsatadi.
Mehnat yordamida inson tabiat kuchlaridan o’z maqsadi yo’lida
foydalanadi. Kishilar tabiatidagi narsalarni o’zgartirib mehnat qurollarini va
tirikchilik vositalarini tayyorlaydilar. Odamning hayvondan farq qiladigan muhim
tomonlaridan biri ham ana shunda.
Sirtdan qaraganda ba’zi bir hayvonlar mehnat qilganday bo’lib ko’rinadi.
Ular ehtiyojlarini qondirish uchun mehnat qurolidan emas, balki o’zlarining tabiiy
a’zolari — tirnoqlari, qoziq tishlari, o’tkir ko’zlaridan foydalanadilar. Birorta ham
hayvon hech qachon, hatto eng oddiy mehnat qurolini ham yaratgan emas. Mehnat
qurolini yasash va undan foydalanish bu faqat insonga xos xususiyatdir. Mehnat
quroli tabiatning insonga hadyasi emas, balki u inson aqliy va jismoniy
mehnatining natijasidir.
Mehnat - kishilarning maqsadga muvofiq faoliyatidir. Mehnat tufayli
odamning ehtiyoji qondiriladi. Mehnat tabiat yaratgan narsalarni inson o’z ehtiyoji
Do'stlaringiz bilan baham: |