Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

184
 
qonuniyatlarini falsafiy nuqtai nazardan tushunish, ilmiy bilish va amaliyotda 
katta ahamiyat kasb etadi. Tabiat benihoyat xilma-xil shakl va ko’rinishlarda 
bo’lib, insonni qurshab turgan moddiy olam, butun borliqni o’z ichiga qamrab 
oladi. U keng ma’noda olganda, materiya, koinot tushunchalarini ham ifodalaydi. 
Sharq falsafasi va islom ta’limotida Olloh hamma narsaning ibtidosi, 
materiyani ham, tabiatni ham Tangri taolo yaratgan, deyiladi. 
Ilmiy falsafa esa tabiatning mavjudligi insonga, uning ongi va sezgisiga 
bog’liq emas, deb uqtiradi. O’tmishda yer shunday bir holatda bo’lganki, unda 
o’zining sezgilari va ongiga ega bo’lgan inson u yoqda tursin, hatto boshqa har 
qanday jonli mavjudotlarning ham yashashi uchun hech bir imkoniyat bo’lmagan. 
yer, Quyosh sistemasi, umuman tabiat har qanday ongdan tashqarida va unga 
bog’liq bo’lmagan holda mavjuddir. Kishi ongi tabiat taraqqiyotining faqat 
muayyan bosqichidagina uning mahsuli sifatida vujudga kelgan. 
Ongdan tashqarida va unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan 
tabiatning na boshi, na oxiri, na ibtidosi va na intixosi bor. 
Hozirgi zamon fanlari olamning, tabiatning cheksiz, benihoyaligi 
to’g’risidagi yangidan-yangi dalillar bermoqda. Fan sohasidagi yutuqlarning 
ko’rsatishicha, bizning galaktikamizdan tashqarida joylashgan son-sanoqsiz 
yulduzlar sistemalari mavjud. 
Tabiat, butun moddiy olam doimiy harakatda, to’xtovsiz o’zgarish va 
rivojlanishdadir. Mavjudotdagi barcha jismlar Oy, Quyosh, sayyoralar, meteoritlar 
fazoda doimiy ravishda harakatda. Tabiatning, materiyaning fazoda cheksiz va 
vaqtda abadiy bo’lgan tinimsiz harakati jarayonida ba’zi bir narsalar yemiriladi, 
yangilari paydo bo’ladi. 
Tabiatning million yillar davomidagi tadrijiy taraqqiyoti jarayonida jonsiz 
dunyodan jonli dunyo kelib chiqqan. Jonli dunyoning paydo bo’lishi tabiatning, 
materiyaning cheksiz koinotdagi taraqqiyotidan kelib chiqishi mumkin bo’lgan 
oqibatlardan biridir. Jonli materiya keyinroq yuz bergan hodisalar, uzoq davom 
etgan taraqqiyot samarasidir. Jonli tabiat ham jonsiz tabiat ham doimiy 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling