Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

185
 
harakatdadir. Lekin harakat ularning har ikkalasida ham biroz boshqacharoq 
shaklda amalga oshadi. Hayot tabiat taraqqiyotining ma’lum bosqichidagi 
ko’rinishidir. Jonli tabiat moddiy olamning kichik bir qismini tashkil etgani uchun 
unga xos xususiyatlarni jonsiz olamga mexanik ravishda yoyib bo’lmaydi. 
Ilmiy falsafa jonli tabiat bilan jonsiz tabiat o’rtasida o’tib bo’lmaydigan 
to’siq yo’q, deb ta’lim beradi. Ular bir-biridan sifat jihatdan farq qilishiga 
qaramay, bir-biri bilan bog’liq hamdir. Jonli tabiat abadiy mavjud bo’lgan emas, 
balki jonsiz tabiat taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida, ma’lum ob’ektiv 
sharoitlar asosida vujudga kelgan. Jonli tabiat bilan jonsiz tabiat asosida ham 
yagona moddiy substantsiya — materiya yotadi. Demak, jonli tabiat bilan jonsiz 
tabiat o’rtasidagi bog’lanish ularning birligida yaqqol ko’rinadi. 
Jonli tabiat bilan jonsiz tabiat o’rtasidagi moddiy birlik ularning kimyoviy 
tarkibida ham juda aniq ko’rinadi. Odam organizmidagi kislorod, uglerod, 
oltingugurt, azot, kaltsiy, fosfor, magniy, natriy, kaliy, xlor, temir singari 
elementlarni jonsiz tabiatda ham uchratamiz. Organizmlarni tashkil etuvchi oqsil 
tarkibida ham shunday elementlar bor. 
Jonli tabiat bilan jonsiz tabiat o’rtasida umumiy tomonlardan tashqari 
ularning har biriga xos bo’lgan farqli tomonlari ham mavjud. Jonli 
organizmlarning asosiy xususiyati shuki, ular tashqi muhit bilan modda 
almashinadi. Bu esa, materiyaning murakkab va yuqori shakllariga tegishli bo’lgan 
xususiyatdir. 
Tirik jismlarning eng muhim xususiyati — moddalar almashinuvidan, jonli 
tuzilishlarning 
buzilishi 
va 
yangidan 
tuzilishidan, 
assimilyatsiya 
va 
dissimilyatsiyadan iborat. Ana shular organik jismlar yashashning asosiy 
sharoitidir. Hayot — oqsil jismlarning yashash usulidir, bu usul esa o’z mohiyati 
bilan mazkur jismlarning kimyoviy - tarkibiy qismlarining doimo o’z-o’zini 
yangilab turishidan iborat. 
Tabiat taraqqiyotining yuksak cho’qqisi jonli organizmlarning kelib 
chiqishidan iborat. Bir hujayrali organizmlarning vujudga kelishi organizmlar 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling