Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
186
taraqqiyotidagi dastlabki bosqichdir. Dastlabki vujudga kelgan organizmlar o’zining tuzilishi va xususiyati jiqatidan hozirgi hayvon va o’simliklarning eng soddalari bo’lgan. Organik birikmalarning bir necha million yil davom etgan taraqqiyoti natijasida hayvonlarning hozirgi turlari vujudga kelgan. Jonli tabiat insonning paydo bo’lishi uchun hamma zarur shart-sharoitni hozirlaydi. Tabiatning tarkibiy qismi bo’lgan odam jonli organizmlarning uzoq vaqt davomida ro’y bergan taraqqiyotining qonuniy muqsulidir. Odamning paydo bo’lishini jonli tabiatning taraqqiyotidan ajratib bo’lmaydi. Inson taraqqiyotining ilk bosqichlarida, odam tabiatdan endigina ajralib chiqqan kezlarda juda nochor hayot kechirgan, u tabiat kuchlariga qaram bo’lgan, tabiatning tayyor mahsulotlarini iste’mol qilib kun kechirgan. Keyinchalik mehnat tufayli, mehnat qurollari yasash, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish asosida kishilik jamiyati paydo bo’ldi va rivojlandi. Forobiyning fikricha, «Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashamoq va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi... Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko’paydilar, yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashdilar va natijada inson jamoasi vujudga keldi» 1 . Jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi aloqadorlik zaminida mehnat yotadi. Mehnat avvalo, odam bilan tabiat o’rtasida yuz beradigan jarayonlardir, odam shu jarayonda o’z faoliyati bilan o’zi ila tabiat o’rtasida moddalar ayirboshlanishiga vositachilik qiladi, bu ayriboshlashni tartibga soladi va nazorat qiladi. Odamning o’zi tabiat kuchi sifatida tabiat moddasiga qarama-qarshi turadi. Odam tabiat moddasini o’z hayoti uchun yaroqli bo’lgan ma’lum bir shaklda o’zlashtirib olish uchun o’z tabiiy kuchlarini, qo’l va oyoqlarini, bosh va barmoqlarini harakatga 1
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling