Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

192
 
Tabiiy sharoit jamiyat taraqqiyotiga ikki xil ta’sir ko’rsatadi. Ma’lumki, 
tirikchilik vositalari va tabiiy manbalarga boy bo’lgan mamlakatlarda yashovchi 
xalqlar o’z tirikchiliklari uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni tayyorlashda mablag’ 
va kuchni bunday tabiiy qulayliklarga ega bo’lmagan xalqlarga qaraganda ancha 
kam sarflaydilar. Qulay tabiiy sharoitlar jamiyat taraqqiyotiga ma’lum darajada 
yordam beradi. Qondirilishi mutlaq zarur bo’lgan tabiiy ehtiyojlarning miqdori 
naqadar kam bo’lsa, yerning tabiiy hosildorligi naqadar ko’p bo’lsa va iqlim 
naqadar qulay bo’lsa, ishlab chiqaruvchi hayotning saqlanish va takror qilinishi 
uchun zarur bo’lgan ish vaqti shuncha kam bo’ladi. Demak, uning boshqalarga 
ketadigan ortiqcha mehnati uning o’ziga ketadigan mehnatga nisbatan shuncha 
ko’p bo’lishi mumkin. Aksincha, tabiiy sharoit noqulay bo’lib, kishilarning asosiy 
vaqti, mablag’ va mehnati tirikchilik vositalarini yaratishga ko’proq sarf 
bo’lsa, u holda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari nisbatan sekinroq 
rivojlanadi. Noqulay tabiiy sharoit jamiyat taraqqiyotiga birmuncha salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. 
Agar odamlar tabiiy sharoitlar bilan cheklanib, barcha tirikchilik vositalarini 
tabiatdan tayyor holda olganlarida (bunday bo’lishi mumkin emas, albatta) jamiyat 
taraqqiyoti juda sekin rivojlangan bo’lardi, odamlarda taraqqiyotga intilish, 
mehnat qurollarini rivojlantirish, tabiiy kuchlarga qarshi kurashish zaruriyati ham 
bo’lmasdi. 
Turli tarixiy sharoitlarda tabiiy sharoitlarning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri 
aynan bir xil bo’lgan emas. Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlar o’zlarini qurshab 
olgan tabiatga butunlay qaram bo’lganlar. Ular tabiatni emas, balki tabiat ularni 
o’ziga butunlay bo’ysundirgan. Chunki hali bu davrda fan, texnika o’smagan, 
madaniyat rivojlanmagan, mehnat qurollari oddiy bo’lgan. SHuning uchun ham 
odamlarning hayoti tabiiy sharoitlar qulayligiga ko’p jihatdan bog’liq edi. 
Boshlang’ich davrda odamlar shuning uchun ham daryo bo’ylarida, tog’ 
yonboshlarida, tuprog’i serhosil joylarda, o’rmonlari va hayvonot dunyosi serob 
bo’lgan joylarda yashashga harakat qilganlar. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling