Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
191
tarixi bilan jamiyat tarixida dialektik birlikda, ta’sir va aks ta’sirdadir. Ularni bir- biridan ajratish mumkin emas. Alohida inson ham, umuman jamiyat va insoniyat dunyosi ham nazariy, jismoniy, amaliy jihatdan tabiat bilan uzviy aloqadorlikda yashaydi. Tabiat-tabiiy resurslar manbaidir. Tabiiy resurslar ya’ni, nafas olinadigan havo, ichiladigan suv, har xil xom ashyolar bo’lmasa inson, jamiyat yashay olmaydi, san’at, qishloq xo’jaligi va madaniyatni yuksaltirib bo’lmaydi. Tabiat biz uchun moddiy ne’matlarning birinchi manbai sifatida ham sog’liq, shodlik, hayot qiziqishining va har bir kishidagi ma’naviy boyliklarning bitmas-tuganmas manbai sifatida ham o’zining g’oyat zo’r ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydi. Tabiatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan yer insonlarning oziq-ovqat manbai, uning dastlabki mehnat vositalarining xazinasidir. yer insonni boqadi, ingliz olimi Vilyam Petti aytganidek, mehnat boylikning “otasi” bo’lsa, yer uning “onasi”dir. Odamlar bir necha ming yillar davomida uning issiq bag’rida undi, voyaga yetdi. Insonning kundalik hayoti va sevinchlari ham yer tufaylidir. Shunday ekan, inson uchun g’oyat darajada muhim va zarur bo’lgan yerni e’zozlamaslik mumkin emas. Kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarishi uchun muayyan tabiiy sharoitlar talab qilinadi. Tabiatning jamiyat bilan yaqindan aloqa bog’laydigan, uning taraqqiyotiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadigan qismi tabiiy muhit deb ataladi. yer va yer osti boyliklari, daryolar, iqlim va boshqa shu kabilar tabiiy muhitni tashkil etadi. Tabiiy muhit jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omil sifatida ikki katta turkumga bo’linadi. Ulardan biri tirikchilik vositalaridan iborat tabiiy boyliklar, ya’ni yerning hosildorligi, o’rmonlarda hayvonlar, suvda baliqlarning ko’pligidan iborat bo’lsa, ikkinchisi mehnat vositalari (mavjud sharoitlar, kema qatnaydigan daryolar, daraxtlar, ko’mir, neft, gaz va boshqalar)dir. Kishilik jamiyatining boshlang’ich davrida tashqi tabiiy sharoitlarning birinchi xil, jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichida ikkinchi xili hal qiluvchi ahamiyatga egadir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling