212
uyg‘unlashadi. Ushbu ob’ektga xos bo‘lgan miqdoriy o‘zgarishlar doirasidan chiqish
shu ob’ektga xos bo‘lgan me’yorning buzilishiga va uning yangi sifatga o‘tishiga
olib keladi.
Me’yorning turli shakllari mavjud bo‘lib, nazariy bilimlar sistemasida u
quyidagilarga ajratiladi: 1) oddiy me’yor alohida o‘z-o‘zicha olingan predmet
o‘lchovi; 2) sistemali, substansiyali me’yor — ushbu sistemaning elementi, bo‘lagi
bo‘lgan predmet o‘lchovi; 3) aniq me’yor — barcha haqiqiy munosabatlar yig‘indisi
bo‘lgan predmet o‘lchovi. Ijtimoiy hayot qoidalari ham g‘oyat turli-tuman me’yor
munosabatlariga ega.
Bir me’yordan ikkinchi me’yorga o‘tish jarayoni bir holatdan ikkinchi
holatga o‘tish negizi (yoki nuqtasi) deyilsa, bir miqdoriy sifat holatidan ikkinchisiga
o‘tishning barcha xalqasi esa me’yorning markaziy tuguni deyiladi.
Sifat, miqdor va me’yor tushunchalarida olamdagi narsalarning ob’ektiv va
eng umumiy tavsifi ifodalanadi. Shuning uchun ham ayrim faylasuflarning narsalar
sifatini sub’ektiv tushuncha deb ta’kidlashlari nazariy jihatdan asossizdir.
Miqdor va sifat birlikda, bo‘lib bir-biriga o‘tib turadi. Miqdor sifatga va,
aksincha, ma’lum sharoitda sifat miqdorga o‘tadi. Narsa va hodisalarning sifati
ob’ektiv bo‘lsada, nisbiydir, chunki ular o‘rtasidagi chegara o‘zgaruvchan bo‘lib,
ularni mutlaqlashtirish mumkin emas. Xuddi shuningdek, narsalarning miqdoriy
muayyanligi ham o‘zgaruvchandir. Modomiki, ob’ektiv olam doimiy harakatda,
o‘zgarish va rivojlanishda ekan, narsalarning miqdoriy va sifatiy muayyanligi,
ularning xossalari ham o‘zgarish va rivojlani shdadir. Miqdor va sifat
o‘zgarishlarining aniq holatini bilish fan va ijtimoiy amaliyot uchun muhim
ahamiyatga ega.
Har qanday narsa va hodisaga miqdor va sifat o‘zgarishlari xosdir. Miqdor
o‘zgarishlar bilan sifat o‘zgarishlar o‘rtasida qat’iy qonuniyat mavjud bo‘lib, bu
qonuniyat quyidagicha ifodalanadi: miqdor o‘zgarishlar sifat o‘zgarishlarini
tayyorlab, har bir aniq holatda muayyan sifat o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi va shu
holatda miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |