Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

209
 
Ziddiyatlar o‘z xususiyati jihatidan antagonistik va noantagonistik bo‘lishi 
mumkin. Jamiyatda antagonistik ziddiyatlar bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan 
sinflar, tabaqalar o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqishi mumkin, Ammo, 
antagonistik ziddiyatlar faqat sinfiy munosabatlarga xos, degan qarash noto‘g‘ri. 
Tarixiy tajriba, ijtimoiy amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bunday ziddiyatlar jamiyat 
hayotining barcha sohalarida namoyon bo‘lishi mumkin. Ular faqat sinfiy negizda 
emas, balki etnik, milliy, diniy, irqiy va boshqalarda vujudga kelishi mumkin. 
Bunday ziddiyatlar jamiyat va alohida shaxslar, turli davlatlar, ijtimoiy-siyosiy 
tizilmalar, siyosiy partiya va ommaviy harakatlar o‘rtasida ham vujudga kelishi 
mumkin. 
Antagonistik ziddiyatlarning muhim xususiyatlaridan biri ularni hal etishda 
mavjud holatni buzishga olib keladigan vositalarni qo‘llashdir. Ijtimoiy hayotdagi 
noantagonistik ziddiyatlarga tub manfaatlar va maqsadlari umumiy bo‘lgan 
tabaqalar, ijtimoiy kuchlar o‘rtasidagi munosabatlar, shahar bilan qishloq, aqliy 
mehnat bilan jismoniy mehnat o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan tafovutlar va boshqalar 
misol bo‘la oladi. Ularni bartaraf qilish ham antagonistik ziddiyatlar singari kurash 
asosida amalga oshiriladi, lekin bu kurash shakli, xususiyati jihatidan boshqadir.
Ziddiyatlar xilma-xil shakllarda bartaraf etilishi mumkin. Ulardan biri 
eskining yemirilib, yangining qaror topishidir, bunga misol sifatida iqtisodiyotning 
eskisi 
yemirilib, asta-sekinlik bilan bozor 
munosabatlariga 
asoslangan 
iqtisodiyotning barpo etilishini ko‘rsatib o‘tish joizdir. Shuningdek qarama-
qarshiliklarni o‘zaro ongli ravishda qo‘shib, ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf 
etib, shu asosda taraqqiyotda ilgarilab borishdan iboratdir. Ziddiyatlarni bartaraf 
etishning samarali shakllaridan yana biri — konsensus (o‘zaro kelishuv)dir. 
Konsensus qarama-qarshi kuchlar, tomonlar, ijtimoiy guruhlar, partiyalar, harakatlar 
o‘rtasidagi ziddiyatlarni umumiy manfaatlardan kelib, chiqib hal etish yo‘llaridan 
bo‘lib hisoblanadi. U xalqlarni milliy totuvlikka, hamkorlikka da’vat etadigan yo‘ldir. 
Konsensus muloqotlar, referendumlar, ommaviy axborot vositalari orqali eng 
muhim qonunlar loyihasini muhokama qilish va hokazo yo‘llar bilan amalga 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling