217
ma’naviy hayotida ro‘y berayotgan jarayonlar o‘z mohiyatiga ko‘ra yangi sifatiy
o‘zgarishlarga kiradi. Shular natijasida davlatimiz yuksak bosqichga ko‘tariladi.
Bular o‘z-o‘zidan emas, balki keng xalq ommasining ijodiy faoliyati, ijtimoiy-
siyosiy faolligi natijasida amalga oshiriladi. Bu o‘zgarishlar inqilob yo‘li bilan
emas, asta-sekin tadrijiy yo‘l bilan amalga oshadi.
«Jamiyatni yangilashning inqilobiy usullariga biz mutlaqo qarshimiz. Biz
tadrijiy — evolyutsion islohotlar yo‘li tarafdorimiz va bunga qat’iy amal qilamiz.
Mamlakatimizning tarixiy va milliy xususiyatlarini, xalqimiz tabiati-mentalitetini
inobatga olsak, rivojlanishning mazkur yo‘li biz uchun nihoyatda maqbuldir»
1
, —
deydi I.A.Karimov. Ko‘rinib turibdiki, bu qonun jamiyatimizni ilmiy boshqarish va
uning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Olamni anglashda inkorni inkor qonuni talablariga muvofiq fikr
yuritishning zarurligi. Inkorni inkor qonuniga muvofiq, ob’ektiv voqelikdagi
narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonida eskining yangi tomonidan inkor
qilinishi ro‘y beradi. Biroq, eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy
tomonlar saqlanib qoladi. Rivojlanish burama shaklda, ma’lum nisbiy
takrorlanishlar asosida, oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga qarab boradi.
Metafizik yo‘nalish inkorning ijodiy yaratuvchilik rolini tan olmaydi. Bundan
farqli o‘laroq, dialektik qarash eski narsani yangi narsa inkor qilishini ta’kidlaydi.
Olamda hech bir sohada o‘zining ilgarigi yashash shakllarini inkor etmaydigan
rivojlanish sodir bo‘lishi mumkin emas.
Har bir jarayon inkor qilish jihatiga ega. Ichki ziddiyatlar tufayli taraqqiyot
jarayoni ertami — kechmi eski narsaning yemirilishiga va yangi narsaning vujudga
kelishiga olib keladi. Vujudga kelgan bu yangi narsa eskining inkor qilinishidir.
«Har bir qarama-qarshilikda bo‘lgan narsa, — deydi Forobiy, - boshqa
tomonidan buzdirilishi lozim bo‘ladi, birinchi esa o‘z tabiati bilan qarama-qarshi
tomonidan inkor etilgan bo‘ladi. Bu esa uning aslida (substansiyasida) mavjud
1
Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T.:“O‘zbekiston”,1999.-14-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |