Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

218
 
bo‘lgan bo‘ladi»
1

Eskining yangi tomonidan inkor qilinishi natijasida moddiy olamdagi narsa 
va hodisalarning ilgarilanma harakati sodir bo‘ladi. 
Eskining rivojlanish jarayonidagi yemirilishi — inkorni inkor qonunining 
faqat bir tomonidir. Uning boshqa tomonini eskining yemirilishi jarayoni bilan bir 
vaqtda vujudga keladigan yangi narsa qaror topadi. Bu yangi narsa eskining o‘rnini 
egallab, undagi ijobiy narsalarni saqlab qolgan holda yangining yanada yuksakroq
ilg‘or holatini ifodalaydi. 
Shunday qilib, taraqqiyot bir-birini almashtirib turadigan bosqichlardan iborat 
bo‘lib, bir bosqich ikkinchi bosqich tomonidan, ikkinchisi esa uchinchisi tomonidan 
inkor etiladi. Eskining yemirilib, yangining paydo bo‘lishi, taraqqiyot jarayonidagi 
dialektik inkorning ikkita muhim va ajralmas jihatidir. 
Inkorni inkor qonuni quyidagi bir qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi: 
birinchidan, eskining yangi tomonidan inkor etilishi — kishilarning ongi va 
irodasiga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektiv jarayondir. Inkor sub’ektiv, tashqaridan 
kiritilgan fikr emas, balki ob’ektiv jarayon taraqqiyotining bosqichidir; 
ikkinchidan, dialektik inkor tashqaridan kiritilgan kuch yoki holat emas
balki narsa va hodisaning ichki rivojlanishi natijasi, o‘zini-o‘zi inkor qilishidir. 
Dialektik inkor narsani butunlay yo‘q qilib yuboriladigan faoliyat bilan o‘xshash 
emas, u shunday inkorki, buning natijasida rivojlanish davom etishiga, yangi inkor 
sodir bo‘lishiga imkon yaratiladi; 
uchinchidan, dialektika har bir narsa va hodisa uchun inkorning aniq turi 
mavjuddir, deb hisoblaydi. Tasavvur va tushunchalarning har bir turi singari
buyumlar har bir turining ham o‘ziga xos alohida inkor turi borki, bunda taraqqiyot 
sodir bo‘ladi; 
to‘rtinchidan, dialektik inkor to‘liq inkor bo‘lmasdan, balki eskini yangi bilan 
bog‘lab turuvchi jarayondir. Dialektik inkor yangi bilan eski o‘rtasidagi vorislikni 

1
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”,1993.-133-134-betlar. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling