Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

216
 
sifat o‘zgarishlariga o‘tishidir; 
uchinchidan, sakrash eski qarama-qarshiliklar birligini tugatish va yangi 
sifatga mos keladigan qarama-qarshiliklarning vujudga kelishi tufayli paydo 
bo‘ladigan ziddiyatlarni hal qilishdir; 
to‘rtinchidan, sakrash narsa va hodisalarning rivojlanib, ilgarilab borishidir. 
Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish sharoitiga bog‘liq 
ravishda eski sifatdan yangi sifatga o‘tish turli shakllarda sodir bo‘ladi. Har bir narsa, 
hodisa o‘zining aniq inkor qilish usuliga, o‘z navbatida aniq sakrash shakliga egadir. 
Amalga oshish muddatiga bog‘liq, ravishda asta-sekinlik bilan ifodalanadigan 
sakrashdan, bir zumda shiddat bilan sodir bo‘ladigan sakrashni farqlash kerak. 
Binobarin, kimyoviy elementlarni biriktirish jarayonida tub sifat o‘zgarishlar shiddat 
bilan, juda tez sodir bo‘ladi, ammo hayvonlar bilan o‘simliklarning rivojlanish 
jarayonida eski sifatdan yangi sifatga o‘tish birmuncha sekin sodir bo‘ladi. Tez 
sodir bo‘ladigan sakrashlar bilan asta-sekin miqdor o‘zgarishlari yo‘li bilan sodir 
bo‘ladigan sakrashlarning bir-biridan farq qilishini hisobga olish kerak. Tez sakrash 
shunday xususiyatlarga egaki, u birinchidan, hal qiluvchi zarbaning birdan-bir 
ifodasi sifatida bajariladi. Bu sifatiy o‘tish bo‘lib, dastavval birdaniga eski tugatiladi 
va so‘ngra yangi bunyod etiladi. Ikkinchidan, u bexosdan tez sodir bo‘ladi. 
Asta-sekin miqdor o‘zgarishlari yo‘li bilan sodir bo‘ladigan sakrashlar eskini bir 
yo‘la tugatish bilan emas, balki uzoq vaqt davomida eski sifatni yangi sifatga 
aylantirish bilan tavsiflanadi. 
Demak, sakrashlarning turli-tuman shakllarda amalga oshishi sodir bo‘ladi. 
Bunda narsa va hodisalarning bir holatdan ikkinchisiga o‘tish shakllarining turli-
tumanligi nimaga bog‘liq? degan savol kelib chiqadi. O‘tish shakllarining turli-
tumanligi, birinchidan, narsa va hodisalarning mohiyati va xususiyatlariga, 
ikkinchidan, unga muvofiq keladigan sharoitga bog‘liqdir. Masalan, ijtimoiy 
hayotda sodir bo‘ladigan miqdor o‘zgarishlar tabiatdagi sakrashlardan tubdan farq 
qiladi. 
Hozirgi sharoitda jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling