Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

224
 
orqali olamdagi narsa va hodisalar taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganadi. 
Falsafiy kategoriyalar, boshqa fanlar tushunchalaridan bir qator muhim 
xususiyatlari bilan farq qiladi. Ular quyidagilardan iborat: 
Birinchidan. Kategoriyalar - ob’ektiv dunyo eng umumiy qonunlar 
taraqqiyotining in’ikosidir. Kategoriyalarning ob’ektiv mazmuni inson ongiga 
bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan voqelik harakatining eng umumiy 
qonunlaridir. Bunday ta’rif falsafa fanining predmeti mohiyatidan kelib chiqadi. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, dialektika ob’ektiv reallikdagi narsa va hodisalar 
harakatining eng umumiy qonunlari va ularning inson ongida aks etishi haqidagi 
fandir.
Kategoriyalar inson tafakkurida voqelikning aks etish shakllaridir. Demak, 
kategoriyalarning mazmuni, ya’ni fikrlash shakli ob’ektiv dunyo taraqqiyotining 
eng umumiy qonunlaridan bo‘lak narsa emas. Ma’lumki, sababiyat, zaruriyat
qonuniyat va hokazolar g‘oyasi tabiat, boqiy olam qonunlarining kishi miyasida 
in’ikos etishidir. 
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, tafakkur kategoriyalari kishining 
qo‘llanmasi emas, balki tabiatning ham, insonning ham qonuniyatlarining 
ifodasidir.
Ikkinchidan. Kategoriyalar eng umumiy tushunchalar sifatida inson 
fikri shakllari bo‘lib, shu tahlitda ular mantiqiy mazmunga ham egadirlar. 
Kategoriyalariing mantiqiy mazmuni deganda inson tafakkuri hodisalarining 
mohiyatiga kirib borishi, uning chuqurlashuvi darajasi ko‘zda tutiladi.
Kategoriyalar ob’ektiv dunyoning eng umumiy va muhim tomonlarini 
ifodalabgina qolmay, bilishning pog‘onalari va tayanch nuqtasi hisoblanadilar. 
Ularni bila borish orqali insonning nazariy va amaliy faoliyati uchun muhim 
bo‘lgan dunyodagi narsa hodisalarning eng umumiy qonuniyatlari ochib 
beriladi. Falsafiy kategoriyalar insonning bilish faoliyati natijasida dunyoni 
o‘zlashtirishda erishgan yutuqlarini ifodalaydi. Falsafiy kategoriyalarda inson 
tafakkurining mazmundorligi va yetukligi hamda tashqi olamni bilishdagi katta 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling