Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

225
 
muvaffaqiyatlari o‘z ifodasini topgan. 
Inson ongida tabiatning in’ikos etishi qandaydir qotib qolgan, voqelikning 
o‘lik nusxasi emas, balki narsalar mohiyatiga chuqur kirib borishning murakkab 
dialektik jarayonidan iborat. Bu jarayon o‘zining ichki mantiqiga ega bo‘lib, bu 
mantiq nisbiy mustaqilikka ega. Bilishning ichki mantiqni bilish tafakkurning 
ijodiy faolligini, harakat qilish va rivojlanish jarayonining ob’ektiv dunyoga 
nisbatan murakkab munosabatini chuqur tushunishga yordam beradi. Kategoriyalar 
mazmun jihatdan tashqi olamning qonuniyatlariga mos keladilar, lekin o‘zlarining 
mavjudlik shakllariga qarab farq qiladilar. 
Falsafiy kategoriyalar — o‘z manbai, mazmuni jihatidan ob’ektivdir, lekin 
shakl jihatdan — sub’ektivdir. Agar narsalar va ularning taraqqiyot qonunlari 
moddiy bo‘lib, inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda ob’ektiv ravishda mavjud 
ekan, tafakkur kategoriyalari ma’naviy bo‘lib, faqat kishilar miyasidagina 
mavjuddir. Moddiylik va ma’naviylik ikkalasi bir narsa emas. Kategoriyalarning 
ob’ektiv manbai real ravishda bo‘lsa ham, ular inson fikrining shakllari bo‘lgani 
uchun, uni suratga olish, qo‘l bilan ushlab ko‘rish mumkin emas. Mantiq 
qonunlari, ob’ektiv narsaning kishi sub’ektiv ongida in’ikos etishidir. 
Uchinchidan. Kategoriyalar ilmiy bilishda muhim metodologik rolni 
bajaradilar. Ob’ektiv dunyo hodisalarining eng umumiy qonunlari harakatini 
o‘rganib, falsafa kategoriyalari, bir tomondan, narsalarning mohiyatini chuqurroq va 
to‘laroq bilishga yordam beradilar, ikkinchi tomondan, ob’ektiv dunyodagi narsa va 
hodisalar haqidagi yangi bilimlar olishga va to‘plashga sababchi bo‘ladilar. 
Fanning hamma boshqa sohalarida bo‘lgani singari, bilish nazariyasida ham 
dialektik tarzda fikr yurgizmoq kerak, ya’ni bilishimizni tayyor va o‘zgarmas bilish 
deb faraz kilmasdan, balki bilishning bilmaslikdan qay tariqa yuzaga kelishini, 
mukammal va aniq bo‘lmagan bilishning qay tariqa mukammalroq va anikroq bo‘la 
borishini tekshirib ko‘rmoq kerak. Falsafiy kategoriyalar — ilmiy bilish 
metodologiyasi, ma’lum narsadan noma’lum narsaga o‘tishining natijalarini izlab 
topish usulidir, ular tashqi olamdagi narsa va hodisalarni to‘g‘ri aks ettirganliklari 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling