TDIU moliya kafedrasi o’qituvchisi
Xolmamatov Javohir Otabek o’g’li TDIU, Korporativ boshqaruv fakulteti MO-82 guruh talabasi
O‘ZBEKISTONDA QULAY INVESTITSION MUHITNI SHAKLLANTIRISH
YO‘NALISHLARI
Hozirgi kunda mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanda mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hamda qulay investitsion muhitni shakllantirishga qaratilgan islohatlar amalga oshirilmoqda. Natijada mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi oshib bormoqda. Investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantiruvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Investitsiyalar hajmi oshishi natijasi iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga erishish mumkin. Investitsiyalar iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi eng samarali vosita hisoblanadi. O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham qulay investitsion muhitni shakllantirish asosida xorijiy investitsiyalar hajmini oshirishga alohida urg‘u berilgan: investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish. Xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar globallashuvning asosiy drayveri va hozirgi global iqtisodiyotda eng muhim rolni o‘ynaydi. U mamlakatlarning ishlab chiqarish jarayonini qo‘shimcha kapital bilan ta’minlaydi va iqtisodiy o‘sish darajasini oshiradi.
Investitsiya muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma’lum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy, ekologik, madaniy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi75. U muayyan hududga investitsiyalar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan shart-sharoitlarning mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi.
Investitsiya muhiti holati yaratilgan huquqiy baza va uning asoslari, qonun hujjatlarining sifatli tuzilishi va ularga rioya qilinishini talab etadi. O‘zbekistonda qulay investitsion muhitni shakllantirishga qaratilgan islohatlar natijasida iqtisodiyotda investitsiyalar hajmi oshib bormoqda.2009-2019 yillarda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi (mlrd. so‘m) Asosiy kapital o‘zlashtirilgan investitsiyalar statistikasiga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, unda bu davrda asosiy kapitalga investitsiyalar 2009-yilda 12531,9 mlrd. so‘mni, 2010-yilda 15409, 1mlrd. so‘mni, 2011-yilda 18291,3 mlrd. so‘mni, 2012-yilda 22067,0 mlrd. so‘mni, 2013-yilda 27557,3 mlrd. so‘mni, 2014-yilda 33715,3 mlrd. so‘mni, 2015-yilda 40737,3 mlrd. so‘mni, 2016-yilda 19963,2 mlrd. so‘mni, 2017-yilda 60719,2 mlrd. so‘mni, 2018-yilda 107333,0 mlrd. so‘mni va 2019-yilda 189900,0 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Ayniqsa 2019-yilda 189,9 trln. so‘m (dollar ekvivalentda 21,5 mlrd. AQSh doll.) yoki 2018-yilga nisbatan 133,9 % asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Asosiy kapital o‘zlashtirilgan investitsiyalar statistikasiga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, unda bu davrda asosiy kapitalga investitsiyalar 2009-yilda 12531,9 mlrd. so‘mni, 2010-yilda 15409,1 mlrd. so‘mni, 2011-yilda 18291,3 mlrd. so‘mni, 2012-yilda 22067,0 mlrd. so‘mni, 2013-yilda 27557,3 mlrd. so‘mni, 2014-yilda 33715,3 mlrd. so‘mni, 2015-yilda 40737,3 mlrd. so‘mni, 2016-yilda 19963,2 mlrd. so‘mni, 2017-yilda 60719,2 mlrd. so‘mni, 2018-yilda 107333,0 mlrd. so‘mni va 2019-yilda 189900,0 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Ayniqsa 2019-yilda 189,9 trln. so‘m (dollar ekvivalentda 21,5 mlrd. AQSh doll.) yoki 2018-yilga nisbatan 133,9 % asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
2019-yilda YaIMga nisbatan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 37,1 % ni tashkil etib, 2018-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 6,5 % punktga ko‘paygan. Mazkur ko‘rsatkich 2017-yilda – 23,9 % ni hamda 2018-yilda – 30,6 % ni tashkil etgan. Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning yuqori o‘sish sur’atlariga erishilishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlarning yuqori o‘sish sur’atlari asosiy omil bo‘lgan. Ular 2018-yilga nisbatan 3,9 martaga o‘sib, jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmining – 31,0 % ini, shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 19,6 % ( yoki 3,6 marta o‘sishni) tashkil qilgan. Yuqoridagi statistik ma’lumotlar asosida O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning hajmi oshib borayotganligini kuzatish mumkin. Bu mamlakatda olib borilayotgan qulay investitsion muhitni shakllantirishga qaratilgan islohatlar natijasidan darak beradi. Investitsiyalarning iqtisodiyotga ijobiy ta’siri ham sezilarli darajadadir. Uning YaIM shakllanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganligi kuzatilmoqda. Investitsiya muhitiga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar mavjud. Mamlakatning siyosiy tizimi va makroiqtisodiy barqarorligi, investorlar manfaatini himoya qiladigan huquqiy kafolatlarning yaratilganligi. Shuningdek, xomashyo resurslarining mavjudligi, ishlab chiqarishni tashkil etish va uni sotish uchun qulay infratuzilmaning rivojlanganligi hamda ular uchun taqdim etiladigan soliq va bojxona imtiyozlarining darajasi. Respublikamizda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yo‘li bilan radioelektronika, elektronika sohalarini rivojlantirishga katta e’tibor berilishi iqtisodiyotning yuqori sanoatlashganligi belgisi hisoblanadi. Shuningdek, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar, qishloq xo‘jaligi uchun kichik mexanizatsiya vositalari ishlab chiqarishni ta’minlovchi boshqa istiqbolli tarmoqlar, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, ishlab chiqarish uchun texnika va texnologiyalarni, ya’ni asosiy vositalarni ishlab chiqaradigan tarmoqlarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bugungi kunning talabi va jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rnimizga ega bo‘lishning zaruriy omilidir. Bugungi kunda investitsiya muhitiga bir qator salbiy omillar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bular sirasiga mavjud infratuzilmalardan foydalanishdagi muammolarni keltirish o‘rinlidir. Shuningdek, soliq, bojxona, bank sohasida va investorlarga yer ajratish bilan bog‘liq to‘siqlar ham tez-tez uchrab turibdi. Zero, investitsiyalarsiz modernizatsiya ham, yangilanish ham bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimiz iqtisodiyotida qulay investitsion muhit shakllanishiga to‘siq bo‘layotgan ba’zi muammo va kamchiliklarni ijobiy hal qilish asosida mamlakatda qulay investitsion muhitni shakllantirish hamda buning natijasida xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga erishish mumkin. Hozirgi kunda respublikamizda investitsion muhit jozibadorligini oshirishga qaratilgan ko‘plab islohatlar amalga oshirilmqda. Natijada mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi ham shunga mutanosib tarzda oshib bormoqda. O‘zbekistonda qulay investitsion muhitni shakllantirishga qaratilgan quyidagi takliflarni amaliyotga tadbiq etish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
O’zbekistonda qulay investitsion muhitni yaratishga qaratilgan islohotlar
2017—2022-yillarda O‘zbekistonda qulay investitsion muhitni yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan chora tadbirlar va uning natijasi o‘rganib chiqildi.
So‘nggi yillarda mamlakatda investitsion muhitni yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 12 dan ortiq Qonun, 60 dan ortiq Farmon va qaror qabul qilindi.
Tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun Prezident huzurida “Biznes Ombudsman” instituti, Bosh vazir qabulxonalari hamda investorlar uchun yagona markaz tashkil etildi.
2021-yilda mamlakat tarixida ilk bor qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish jarayoni boshlandi.
Agar 2016-yilda fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirib chiqa oladigan mamlakatlar soni 9 tani tashkil qilgan bo‘lsa, viza tizimi isloh qilinishi natijasida bunday mamlakatlar soni 2022-yilda 90 tadan ortdi. Shuningdek, investorlar va ularning oila a’zolari uchun alohida “investitsion viza” tizimi joriy qilindi.
Amalga oshirilgan islohotlar o‘z natijasini berdi. Masalan, 2017—2022-yillarda O‘zbekiston xalqaro Iqtisodiy erkinlik indeksi umumiy reytingida o‘z o‘rnini 31 pog‘onaga yaxshilab, 148-o‘rindan 117- o‘ringa ko‘tarildi.
2017-yilda iqtisodiyotga kiritilgan jami investitsiyalar hajmi 14 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 1,7 barobar oshib, 24 milliard dollarga yetdi.
Bugungi kunda jahonning 50 dan ortiq mamlakati O‘zbekistonga barqaror tarzda investitsiya kiritmoqda. Ular iqtisodiyotimizning asosan metallurgiya, energetika, kimyo sanoati, elektrotexnika, mashinasozlik, yengil sanoat tarmoqlarida faoliyat yuritmoqda.
Investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan islohotlar iqtisodiyotning rivojlanishi va insonlarning turmush darajasi yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda investitsiya muhitining jozibadorligini oshirish va uning qulayligini ta’minlashda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir:
– investitsiya infratuzilmasini rivojlantirish - banklar, investitsiya fondlari, sug‘urta va lizing kompaniyalari faoliyatini rag‘batlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini samarali yo‘lga qo‘yish zarur;
– tadbirkorlarning biznes-ko‘nikmalari, shu jumladan, investitsiya loyihalari bilan ishlash tajribasi va huquqiy bilimlarini yanada oshirish - hududlarda konsalting, marketing va yuridik xizmat ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etish va foliyatini rivojlantirish lozim;
– investitsiya takliflari va loyiha texnik-iqtisodiy asoslarining belgilangan talablarga javob bermasligi sabab tadbirkorlarga inves-titsiya loyihalarini ishlab chiqishda tijorat banklari, hududlardagi savdo-sanoat palatasi va boshqa mas’ul idoralar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishini mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etish va doimiy nazoratga olish kerak;
– amaliyotda ayrim loyiha tashabbuskorlari moliyaviy-iqtisodiy holatining nochorligi kuzatilishi sabab investitsiya dasturlari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlarga kiritish taklif etilayotgan loyihalar tashabbuskorlarining moliyaviy-iqtisodiy holatining mahalliy hokimliklar va tijorat banklari tomonidan chuqur tahlil qilinishini ta’minlash;
– mahalliy hokimliklar-ning xorijiy investorlarni hudud to‘g‘risida to‘liq investitsion muhitga oid ma’lumotlar bilan ta’minlashda faolligini oshirish - xorijiy investorlarni to‘laqonli ravishda axborot (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, hududiy matbuot nashrlari, iqtisodiy tahlil xom ashyo va mehnat salohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar) bilan ta’minlash, investitsiya faoliyatiga oid konferentsiyalar, seminarlar va taqdimotlar (respublika hududida va xorijiy mamlakatlarda) o‘tkazish lozim, ayrim korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilishdagi hamda xom ashyo sotib olishga aylanma mablag‘lar etishmasligi bo‘yicha korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini o‘rganib chiqib, uni moliyaviy sog‘lomlashtirish, qarzlarini restrukturizatsiya qilish bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlarini olib borish orqali eksport salohiyatini oshirish zarur;
– ishlab chiqarish infratuzilmasiga oid muammolar, shu jumladan, korxonalarning elektr energiya, tabiiy gaz, suv va yoqilg‘i mahsulotlari bilan ta’minlashdagi uzilishlarni hal etgan holda eksportyor korxonalarni uzluksiz ravishda elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va nazoratga olish lozim;
– texnologiya va asbob-uskunalarning eskirib borayotganligini e’tiborga olib, ishlab chiqarilgan mahsulotning xalqaro standartlarga mosligini va raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida mahalliy tadbirkorlarning xalqaro ko‘rgazma-savdolarda ishtirok etishini ta’minlash, tejamkor texnologiyalarni tanlash va ularni moliyalashtirish manbalarini aniqlash kerak;
Do'stlaringiz bilan baham: |