Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
221
ko‘tariluvchi yo‘nalishini dialektik tushunish doiraviy harakat to‘g‘risidagi metafizik nazariya bilan hech qanday umumiylikka ega emas. Ba’zi bir olimlar dunyoda bo‘layotgan ba’zi bosqichlarning qaytarilishini oddiy eskilikka qaytish deb hisoblamoqdalar. Ularning fikricha, tabiat va jamiyat hayotining ibtidosi va intixosi butunlay mos keluvchi ma’lum davr, sikl yoki aylanma bo‘yicha bo‘ladi. XVIII asrda yashagan italiyalik faylasuf J.B.Vikoning ta’kidlashicha, jamiyat o‘z taraqqiyotida uch davrni bosib o‘tadi, chunonchi: 1) bolalik davri. Bu davrda diniy dunyoqarash va zo‘ravonlik hukmronlik qiladi; 2) o‘smirlik davri. Bu davrda aristokratlik, ritsarlik va yetuklik ravnaq topadi; 3) yetuklik davri. Boshqa bir faylasuf O.Shpengler jamiyat o‘zining rivojlanishida bunyod bo‘lish (1), gullab yashnash (2), inqirozga yuz tutish (3) davrlarini boshdan kechiradi, deydi. Uning fikricha, insoniyat tarixining hozirgi bosqichi inqirozlar davri, shunga ko‘ra hozirgi zamon madaniyatining barcha yutuqlari butunlay yo‘q qilinishi lozim emish. Ingliz tarixchisi Toynbining ta’biricha, jamiyat tarixi qorong‘i va o‘zaro aloqada bo‘lmagan sivilizatsiyadan iborat. Har qanday sivilizatsiya bir rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tadi: 1) bahor va yoz, 2) kuz va qish yoki bolalik, o‘smirlik, yetuklik va qarilik. Toynbining ko‘rsatishicha, G‘arb sivilizatsiyasi yetuklik bosqichidadir va u kelajakda rivojlanish xususiyatiga ega. Amerikalik professor Rayt esa, jamiyat tarixi ma’lum bir bosqichlardan, ya’ni qaxramonlik asri, g‘alayonlik vaqti va tiklanish davrlarining shu taxlitda takrorlanishidan iborat, deb tasvirlab beradi. Uning fikricha, hozirgi sivilizatsiyadan keyin insoniyat faqat orqaga qaytish bilan rivojlanarmish. Taraqqiyot yuqoriga ko‘tarilish xususiyatiga ega bo‘lib, u oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga tomon boradi. Masalan, mikroolamda rivojlanishning ilgarilab borishi kimyoviy elementlarda atom yadrosi, atomlarning molekulalarga va keyinroq mikroskopik jismlarga aylanishida, koinotda esa uning jismlarining gaz va changsimon materiyadan vujudga kelishida namoyon bo‘ladi. Noorganik materiyaning organik materiyaga aylanishi, hayvonot olamidan insoniyatning ajralib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling